Modifikatorlar

Modifikatorlar (lotincha: modifi co -oʻlchayman, oʻlchovni aniqlayman) — suyuqlantirilgan metallar (qotishmalar)ga modifikatsiyalash paytida qoʻshiladigan moddalar. Metallar (qotishmalar)da qoʻshimcha kristallizatsiya markazlari hosil qiluvchi, oquvchanlikka taʼsir etuvchi va zarralarning oʻsishiga toʻsqinlik qiluvchi (ingibitorlar) M. mavjud. Poʻlat va choʻyanlarning M. i sifatida magnit, litiy, kremniy, siyrak-yer elementlari va qotishmalari, ferro-bor, ferrotseriy, ferrovanadiy va baʼzi kimyoviy birikmalar (mas, seriy oksidi vanadiy nitridi) qoʻllanadi. Choʻyanga qoʻshiladigan M. grafitlovchi (mas, silikokalsiy, kremniymarganets-sirkoniy ligaturasi) grafitlashga imkon beruvchi, stabillashtiruvchi (xrom ligaturasi), marganets-kremniy, ferroxromkremniy va boshqalar), unga toʻsqinlik qiluvchi va kompleks M.ga boʻlinadi. Magniy qotishmalari va mis qotishmalari uchun sirkoniy, titan vanadiy va bor aralashmasi, alyuminiy krtishmalari uchun titan, bor, niobiy, siyrak-yer elementlari va sirkoniy qoʻllanadi. M. metallurgiya zavodlarida kovshga yoki pechdan quyilayotgan metall oqimiga, shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri metall quyish qoliplariga solinadi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.