Mirob

Mirob — suv taqsimoti va sugʻorish tarmoqlarini nazorat qiluvchi shaxs. Qadimdan Oʻrta Osiyoda daryo vodiylari va dehqonchilik vohalarida sugʻorish tarmoqlarining bosh toʻgʻonlarini tiklash, sohillar boʻylab dambalar oʻrnatish, sugʻorish tarmoqlarini loyqadan tozalash, suvni navbat bilan taqsimlash, ortiqcha suv va zaxoblarni zaxkashlar orqali partovlarga chikarib yuborish kabi barcha suv xoʻjaligi ishlari irrigatsiya va melioratsiyani yaxshi bilgan tajribali sohibkorlar boshchiligida amalga oshirilgan. Oʻrta Osiyo xonliklarida maxsus M.lik lavozimlari boʻlgan. Mas, Buxoro va Xiva xonliklarida 16— XVIII asrlarda bosh vazir (otaliq), davlat nazoratchisi (miroxur) kabi oliy mansabdor shaxslar xonlikning bosh M. i unvoniga ega bulishgan. Bosh sugʻorish tarmogʻi — kanaldan asosiy sugorish tarmoqlari (katta ariqlar) ga mirobboshi, katta ariqlardan qishloq ariqlariga ariq oqsoqoli ("arbob"), qishloq ariqlaridan shoh-ariq va dahanalarga qishloq M.i ("joʻybonlar") suv taqsimotiga masʼ-ul boʻlgan. M.lik avloddan-avlodga oʻtgan. Mirobboshi xizmat haqi uchun davlat xazinasidan maosh olgan. Har yili kuzda shohariqlar M.lari dehqonlardan hosildan mahsulot hisobida 1— 2 gʻalvir gʻalla ("mirobona") undirar edi. Hozirgi magistral kanallar boshqarmalarida xoʻjaliklarga suv taqsimotini nazorat qiluvchi gidrotexnik.

Ad., Muham madjonov A., Oʻzbekistonning qadimgi gidrotexnika inshootlari, T., 1997.

Masharif Boqiyev.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.