Mingtepa

Mingtepa — koʻhna shahar harobasi (miloddan avvalgi 3 — milodiy V asr). Andijon viloyati, Marhamat tumani markaziga tutashib ketgan yodgorlik. Xitoy yozma manbalaridagi Ershi shahri bilan aynan deb taxmin etiladi.

194050 yillarda A. N. Bernshtam, Yu. A. Zadneprovskiy, keyinchalik (90-yillarda) Oʻzbekiston FA Arxeologiya institutining Fargʻona otryadi (B. Matboboyev) arxeologik tekshirish ishlari olib borgan.

Mingtepa ichki va tashqi shahardan iborat boʻlib, mustahkam mudofaa devorlari bilan oʻrab olingan. Hozir faqat ichki shaharni (38 ga) toʻrt tomondan qurshagan mudofaa devori saqlanib qolgan. Mingtepadagi tepaliklar soni 52 ta. Ichki shaharning shimoliy-gʻarbiy tomonidagi markaziy tepalikning madaniy qatlami 10 m dan ortiq. Eng quyi qatlam miloddan avvalgi 3—II asrlarga oid. Tepalikdan 5 m qalinlikdagi platforma (tagkursi) ustida qurilgan inshoot qoldiqlari chiqqan. Mutaxassislar fikricha, bu tepalik shahar arki boʻlgan. Mingtepa mudofaa devorining har 38–40 m masofasida kuzatuv minorasi oʻrnatilib, uning uzunligi 18 m, eni 9 m, balandligi 3–4 m ga yetgan. Minora oʻrtasida shinaklar bilan taʼminlangan xona joylashib, unda soqchilar yashagan. Burjlarni oʻzaro tutashtirib turgan mudofaa devorining qalinligi quyi qismida 7 m, yuqorida 4 m, balandligi 4 m ga yetgan. Devor va burj, asosan, yaxshi pishirilgan paxsa va xom gʻishtlardan tiklangan. Devor tashqarisida xandaqlar qazilgan.

Qadimda Mingtepa oʻrnida boʻlgan Ershi shahrini xitoyliklar bir necha marta qamal qilib, ishgʻol eta olmaganlar (qarang Ershi mudofaasi).[1]

Adabiyot

  • Bernshtam A. N., Istoriko-arxeologicheskiye ocherki Tyan-Shana i Pamiro-Alaya, M.— L., 1952; Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001.

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.