Mimika

Mimika (yun. – takdid) – yuz mushaklarining ifodali harakati. Insonning maʼyuslik, xursandlik, gʻazab, xafalik kabi hissiyotlarini ifodalaydi. Mimika oddiy kishilarda tabiiy tarzda roʻy beradi. Teatr sanʼatida esa aktyorlarning doimiy mashqlari asosida yuzaga keladi. Yuzga beriladigan pardoz mimika ifodaviyligini oshiradi. Mimika aktyorning nutqi bilan hamohang boʻlib, obraz mohiyatini, qahramonlarning oʻzaro munosabatlarini ochishga xizmat qiladi. Puxta oʻylangan va texnik jihatdan mukammal mimika sahna soʻzi ahamiyatini oshiradi va uning tub maʼnosini chuqur anglashga yordam beradi. Ayniqsa, soʻzsiz oʻrinlarda, sukunatlarni toʻldirishda muhim ahamiyatga ega. Pantomimaga ixtisoslashgan (fransuz aktyori Marsel Marso kabi) aktyorlar faqat tana harakatlari va mimikaga tayanishgan.

Oʻzbek anʼanaviy teatrida mimika sanʼati juda katta yutuqlarga erishgan. Professional teatrda Hoji Siddiq Islomov, Mirshohid Miroqilov, Rahim Pirmuhamedov, Soib Xoʻjayev, Gʻani Aʼzamov, Nabi Rahimov; televizion miniatyuralar teatrida – Ergash Karimov, Hasan Yoʻldoshev, Sadir Ziyovuddinov, Roziya Karimova; zamonaviy qiziqchilikda – Mirzabek Xolmedov, Obid Asomov, Vali Shamshiyev va boshqa tanilgan.

Muhsin Qodirov.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.