Mim
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |

Mim (yun. mimos — taqlid, taqlidchi) —1) qad. xalq teatrining turi, maishiy va hajviy mazmundagi badiiy hajviy kichik tomoshalar. Miloddan avvalgi V asrda Yunonistonda, ellinizm davrida (miloddan avvalgi 4—3 a.lar) Yaqin va Oʻrta Sharqsa, shu jumladan hozirgi Oʻzbekiston hududida vujudga kelgan. M.da shahar va qishloq quyi tabaqalarining hayoti aks ettirilgan. Tomoshalari sheʼriy va nasriy dialog va monologlardan, kulgili qoʻshiq va raqslardan tashkil topgan, koʻcha va maydonlarda, keyinroq sahnalarda koʻrsatilgan. M. artistlari niqobsiz oʻynagan. M. mahalliy xalqning masharabozlik teatri tomoshalari bilan qoʻshilib rivojlandi. M. teatrining shakli, estetik prinsiplari maʼlum oʻzgarishlar bilan bizgacha yetib kelgan. XIX asr oxiri —20 a. boshlarida oʻzbek aktyorlarining repertuaridagi "Dungon osh", "Xum oʻgʻrisi", "Qoro-vul uyqusi", "Ov" kabi tomoshalar, Xorazm xalq teatrida hozirgacha saqlanib kelgan bir aktyor teatri bunga misoldir; 2) M. tomoshalarini ijro etuvchi aktyor ham M. deb atalgan. Oʻzbek anʼanaviy teatridagi taqlid (teatr) va muqallid (aktyor) kelib chiqishiga koʻra, M. sanʼatining davomchisidir, degan qarash mavjud; 3) zamonaviy te-atrda — pantomima ijrochisi.
Muhsin Qodirov[1]
Havolalar
Manbalar
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.