Miloš Zeman
| Miloš Zeman | |
|---|---|
|
| |
| Chexiya Prezidenti | |
|
Mansab davri 2013-yil 8-martdan – 2023-yil 8-martgacha | |
| Hukumat boshligʻi |
Petr Nečas Jiří Rusnok Bohuslav Sobotka Andrej Babiš |
| Oʻtmishdoshi | Václav Klaus |
| Vorisi | Petr Pavel |
| Chexiya Bosh vaziri | |
|
Mansab davri 1998-yil 22-iyuldan – 2002-yil 15-iyulgacha | |
| Prezident | Václav Havel |
| Oʻtmishdoshi | Josef Tošovský |
| Vorisi | Vladimír Špidla |
| Chexiya Parlamenti spikeri | |
|
Mansab davri 1996-yil 27-iyundan – 1998-yil 17-iyulgacha | |
| Prezident | Václav Havel |
| Oʻtmishdoshi | Milan Uhde |
| Vorisi | Václav Klaus |
| Chexiya sotsial-demokratlar partiyasi raisi | |
|
Mansab davri 1993-yil 28-fevraldan – 2001-yil 7-aprelgacha | |
| Oʻtmishdoshi | Jiří Horák |
| Vorisi | Vladimír Špidla |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
1937-yil 28-sentyabr Kolín, Bogemiya |
Miloš Zeman (1937-yil 28-sentyabr) – 2013-yil 8-martdan 2023-yil 8-martgacha Chexiya Respublikasi Prezidenti[1].
U umumiy saylovlar orqali saylangan Chexiya Respublikasining birinchi prezidenti edi[2]. 1993-yildan 2001-yilgacha Chexiya sotsial-demokratik partiyasini boshqargan[3]. Uning rahbarligida kuchsiz va tartibsiz partiya mamlakatdagi eng nufuzli siyosiy kuchlardan biriga aylandi[4].
2003-yilgi prezidentlik saylovlarida muvaffaqiyatsiz ishtirok etib, 7 yil davomida mamlakat siyosiy hayotidagi ishtirokini toʻxtatdi. 2010-yil mart oyida partiyaning raisi boʻldi[5]. 2010-yilgi parlament saylovlaridan soʻng, partiyasi parlamentga kirish uchun 5 foizlik toʻsiqdan oʻta olmaganidan keyin isteʼfoga chiqdi. 2013-yil yanvar oyida u prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozondi. Besh yil oʻtgach, u ikkinchi muddatga qayta saylandi[6].
1944-yil 28-sentyabrda pochta xodimi va oʻqituvchi oilasida tugʻilgan. Ota-onalar oʻgʻli tugʻilgandan koʻp oʻtmay ajrashishdi. Milos faqat onasi bilan katta boʻlgan[7].
U Kolin shahrida oʻqigan: dastlabki 9 yil boshlangʻich sinfda va 1959-yildan 1963-yilgacha oʻrta iqtisodiy maktablarda. Masaryk haqidagi insho tufayli Zemanga universitetda oʻqishni davom ettirish taqiqlangan. 1963-yildan 1967-yilgacha qurilishda ishlagan. 1965-yildan boshlab universitetda oʻqishga ruxsat oldi va Praga Oliy Iqtisodiyot maktabida iqtisodiy rejalashtirishni oʻrganishni boshladi. 1967 yildan kunduzgi taʼlimga oʻtdi. 1969-yilda „Futurologiya va kelajak“ nomli ishi bilan diplom himoya qildi. 1969-1970-yillarda Oliy Iqtisodiyot maktabida oʻqituvchi boʻlgan.
1968 yilda Chexoslovakiya Kommunistik partiyasiga qoʻshildi. 1970-yilda Varshava Shartnomasi qoʻshinlarining kiritilishi va „normallashtirish“ siyosatiga rozi boʻlmagani uchun undan chiqarib yuborildi.
1971-yildan 1984-yilgacha Noctua, Technosport va Sportpropag kompaniyalarida xodim boʻlgan. 1985-1989-yillarda ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullangan. 1990-1992-yillarda – Chexoslovakiya Fanlar akademiyasining Prognozlashtirish instituti xodimi. 1990-1992-yillarda – parlament deputati.
1993-yil 28-fevraldan 2001-yil 7-aprelgacha – Chexiya sotsial-demokratik partiyasi raisi. 1996-1998-yillarda – Chexiya parlamenti Deputatlar palatasi raisi. 1998-yil 17-iyuldan 2002-yil 15-iyulgacha – Chexiya hukumati raisi.
Senat va mintaqaviy saylovlar muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan soʻng oʻz xohishi bilan barcha rahbarlik lavozimlarini tark etdi. 2003-yilda Chexiya Respublikasi prezidentligiga nomzodini qoʻydi, ammo oʻz partiyasidagi kelishmovchiliklar tufayli Vatslav Klausga saylovda yutqazdi. Keyinchalik, 2007-yilda partiyaning yangi rahbariyati bilan ziddiyat tufayli sotsial-demokratik partiya safini tark etdi.
Ikki marta uylandi. Ikkinchi xotinidan Katerzina ismli qizi va birinchi xotinidan David ismli oʻgʻli bor. Zeman ateist[8]. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi[9].
2013-yil yanvar oyida boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida, Chexiya Respublikasi tarixidagi birinchi toʻgʻridan-toʻgʻri prezidentlik saylovlarining birinchi turda 24,21 foiz ovoz olib, birinchi oʻrinni egalladi. U Karel Shvarsenberg bilan birga ikkinchi bosqichga chiqdi va 54,8% ovoz bilan gʻalaba qozondi[10].
2013-yil 8-martda Pragada Chexiya Prezidenti lavozimini egalladi.
2018-yilda boʻlib oʻtadigan Chexiya prezidentligiga nomzod qilib koʻrsatdi. Birinchi turda 38,56 foiz ovoz toʻplab, birinchi oʻrinni egalladi. 2018-yil 26-27-yanvar kunlari boʻlib oʻtgan ikkinchi turda Milosh Zeman Chexiya Respublikasi Prezidenti etib qayta saylandi. Saylovchilarning 51,36% ovozini oldi. 2018-yilning 8-martida prezident lavozimiga kirishgan.
Zeman Rossiya fuqarolari uchun kirish vizalarini bekor qilish tarafdori, shuningdek, Ukrainaning NATOga kirishiga qarshi[11].
Kuzatuvchilar, shuningdek, Zeman 2015-yilda Moskvada boʻlib oʻtadigan Gʻalaba paradiga taklifni qabul qilgan kam sonli Yevropa yetakchilaridan biri boʻlgan[12]. Zemanning aniqlik kiritishicha, „tashrifidan maqsad millionlab halok boʻlgan sovet xalqining xotirasiga hurmat bajo keltiriishdir“[13].
U Rossiya Federatsiyasining Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishi tarafdori edi[13].
2022-yil 24-fevralda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi fonida Zeman „Ukrainani, uning rahbariyatini va xalqini toʻliq qoʻllab-quvvatlashini“ bildirdi[14][15]. Keyinchalik Ukraina hududlarining anneksiya qilinishini oʻgʻirlik deb qoraladi va Putin bilan doʻstlikni siyosiy faoliyatidagi asosiy xato deb atadi[16][17].
Zeman alkogol va tamaki mahsulotlariga qaramligi bilan mashhur boʻlib, bu uning sogʻligʻida juda jiddiy muammolarni, xususan, yurish qiyinligini keltirib chiqardi[18]. 2015-yilda unga qandli diabet tashxisi qoʻyilganidan soʻng, prezident oʻz odatlariga kichik oʻzgarishlar kiritishga rozi boʻldi[19]. Prezident Zemanning omma oldida mast holda koʻrinish bergan holatlar bor[20]. Uning saylovoldi kampaniyasi „Becherovka“ (mashhur chex spirtli ichimlik) savdo belgisi ekanligini hazil tariqasida qabul qilishadi[21].
2021-yil yanvar oyi oʻrtalarida tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun muntazam kasalxonaga yotqizilgan va COVID-19ga qarshi emlangan[22]. 2021-yil aprel oyida Zeman neyropatiyaning kuchayishi tufayli nogironlar aravachasidan foydalanishini maʼlum qildi[23]. 2021-yil 14-sentabrdan 22-sentabrgacha Markaziy harbiy gospitalga yotqizilgan. Prezident devonining press-reliziga koʻra, u suvsizlangan va toʻyib ovqatlanmagan[24]. 10-oktyabr kuni Zeman Markaziy harbiy gospitalning reanimatsiya boʻlimiga olib ketildi. Uning davolovchi shifokori Miroslav Zavoral tashxisni ommaga oshkor qilmadi[25]. 18-oktyabr kuni kechqurun Chexiya Senati prezident hozir sogʻligʻi tufayli oʻz vazifalarini bajara olmagani haqidagi fikrini keltirdi[26][27][28]. 25-noyabr kuni tushdan keyin Milosh Zeman Markaziy harbiy gospitaldan chiqarildi, biroq oʻsha kuni kechqurun u COVID-19 testi ijobiy boʻlgani uchun qayta kasalxonaga yotqizildi[29]. 27-noyabr kuni kasalxonadan chiqarildi va oʻz qarorgohiga ikki hafta karantinda boʻldi[30].
Mukofotlari
- Masaryk demokratik harakatining faxriy medali (1997)[31].
- Germaniya Federativ Respublikasining „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni maxsus toifali Buyuk xoch ritsari (Germaniya, 2014).
- „8-sentyabr“ ordeni (Makedoniya, 2016)[32].
- Oq qoʻshaloq xoch ordeni, 1-darajali (Slovakiya, 2014)[33].
- Oq burgut ordeni (Polsha, 2016)[34].
- Serbiya Respublikasining lentadagi ordeni (Serbiya, 2020)[35].
- Prezident medali (Isroil, 2022)[36].
- „Avstriya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun“ yulduzli yirik oltin nishon (Avstriya, 2023)[37].
- „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni (Vengriya, 2023)[38].
Manbalar
- ↑ „Byl mužem revoluce. 20 let poté Zemana nikam nepozvali“ (cs). Aktuálně.cz.
- ↑ „Miloš Zeman“ (cs). novinky.cz. 2013-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-yanvar 2013.(Wayback Machine saytida 2013-01-29 sanasida arxivlangan)
- ↑ Wirnitzer, Jan „Neuděloval bych ani milosti, ani amnestie, napsal čtenářům Zeman“ (cs). Mladá fronta DNES (3-yanvar 2013). Qaraldi: 27-yanvar 2013.
- ↑ „Volby 2018: Miloš Zeman, kandidát na prezidenta - E15.cz“. Zprávy E15.cz. 2018-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-dekabr.
- ↑ Jurková, Marcela „Profil mladého Zemana: Inteligentní samotář, který se vždy rád poslouchal“ [Profile of the young Zeman: an intelligent loner, who always liked to listen]. Hospodářské noviny (24-yanvar 2013). Qaraldi: 4-may 2017.
- ↑ „Na Hrad Zeman přesídlí až po své inaugurací 8. března“. 2013-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-fevral.
- ↑ Zeman, Miloš „Prognostika a přestavba“. Technický magazín (avgust 1989). 2007-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-may. (Wayback Machine saytida 2007-02-06 sanasida arxivlangan)
- ↑ Sean Carney. „Czech President Milos Zeman Casts Himself as Unifier“. Wall Street Journal (blog). 2015-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-avgust. „At the close of the speech, which focused entirely on domestic issues with no reference to the European Union or foreign affairs, the new Czech leader described himself as a tolerant atheist.“.
- ↑ „Милош Земан — фото, цитаты, биография“. 2021-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-mart.
- ↑ „Результаты выборов“. 2019-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 26-yanvar.
- ↑ „Президент Чехии закрыл двери своей резиденции для посла США“. 2015-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-aprel.
- ↑ „«American forces in Europe. Cavalry ride», The Economist, Apr 1st 2015“. 2015-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-aprel.
- ↑ 13,0 13,1 „Президент Чехии Милош Земан мечтает о вступлении России в ЕС“. 2015-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-aprel.
- ↑ https://ruski.radio.cz/prezident-chehii-o-deystviyah-rossii-sumasshedshego-neobhodimo-izolirovat-8742979 (Wayback Machine saytida 2024-02-28 sanasida arxivlangan) Prezident Chexii o deystviyax Rossii: „Sumasshedshego neobxodimo izolirovat“
- ↑ „Zeman řekl, co by vyřešilo válku v Izraeli. Fialovu vládu má za amatéry | TN.cz“ (cs). tn.nova.cz (2023-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 6-noyabr.
- ↑ „Земан заявил, что «неправильно понял Путина», о чем теперь сожалеет | World of News“ (ru-RU) (2023-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 6-noyabr.
- ↑ „Экс-президент Чехии Земан назвал дружбу с Путиным главной ошибкой в своей политической карьере“ (ru). Настоящее Время (2023-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 6-noyabr.
- ↑ „Czech president makes unlikely recommendation: smoking safe if you start late“. Radio Prague (2015-yil 21-mart). 2018-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-mart.
- ↑ „Report: President Zeman's health condition very good – Prague Monitor“. Prague Monitor. 2020-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-mart.
- ↑ „Выпуск новостей“. 2022-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-mart.
- ↑ „Global News“. 2018-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-mart.
- ↑ „Zeman se nechá očkovat za týden, pochválil EU. Občany vyzval, ať ještě vydrží — Aktuálně.cz“. 2021-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-oktyabr.
- ↑ „Zeman se zařadil mezi vozíčkáře — Novinky.cz“. 2021-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-oktyabr.
- ↑ „Zeman opustil nemocnici. Musel v ní zůstat o den déle — Novinky.cz“. 2021-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-oktyabr.
- ↑ „Zemana převezli do nemocnice. Byl v bezvládném stavu“. 2021-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-oktyabr.
- ↑ „Prezident není schopen vykonávat funkci, řekli jeho lékaři — Seznam Zprávy“. 2021-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-oktyabr.
- ↑ „Милош Земан не в состоянии выполнять функции президента / Политика / Новости / 420on.cz Пражский городской портал“. 2021-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-oktyabr.
- ↑ „Консилиум: здоровье президента не позволяет ему полноценно работать / Общество / Новости / 420on.cz Пражский городской портал“. 2021-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-noyabr.
- ↑ „Президент Чехии М. Земан госпитализирован с положительным тестом на коронавирус | Radio Prague International“. 2021-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-noyabr.
- ↑ „Президента Чехии выписали из госпиталя — Общество — ТАСС“. 2021-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-dekabr.
- ↑ Beseda s místopředsedou Vratislavem Preclíkem s odvysíláním záběrů z udělování Čestných medailí T. G. Masaryka státním představitelům (k výročí 14. 9. 1937), ČT 2 a ČT 1, 15. 9. 1997
- ↑ Česká televize. „V Makedonii dostal Zeman nejvyšší státní vyznamenání, v Arménii sud koňaku“ (cs). ČT24 - Česká televize. 2022-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-may.
- ↑ „Zeman závidí Slovákům euro, od Gašparoviče dostal vyznamenání — Novinky.cz“. 2021-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-mart.
- ↑ „Český a polský prezident si vyměnili nejvyšší státní vyznamenání | Radio Prague International“. 2021-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-mart.
- ↑ „Prezident Miloš Zeman obdržel nejvyšší státní vyznamenání Srbska“ (cs). www.mzv.cz. 2022-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-may.
- ↑ „Prezident Izraele je na návštěvě Prahy. Zeman se mu omluvil za údajně nedostatečnou podporu v OSN“ (cs). iROZHLAS. 2022-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-may.
- ↑ „Miloš Zeman - oficiální stránky“. 2023-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-mart.
- ↑ „Novák Katalin: a visegrádi együttműködés a szív és az ész szövetsége | Köztársaság“. 2023-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-mart.
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.
