Mikel Merino

Mikel Merino
Merino Ispaniya tarkibida (2025-yil)
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mikel Merino Zazón[1]
Tavallud sanasi 1996-yil 22-iyun (1996-06-22) (30 yosh)[2]
Tavallud joyi Pamplona, Ispaniya[2]
Boʻyi 1.88 m[3]
Ampluasi Yarim himoyachi, strayker
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Arsenal
Raqami 23
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Amigó
Osasuna
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014 Osasuna B 5 (0)
2014—2016 Osasuna 63 (5)
2016—2017 Borussia Dortmund 8 (0)
2017   Newcastle United 7 (0)
2017—2018 Newcastle United 17 (1)
2018—2024 Real Sociedad 190 (20)
2024— Arsenal 50 (11)
Milliy terma jamoa
2014—2015 Ispaniya U19 12 (1)
2016—2019 Ispaniya U21 20 (4)
2021 Ispaniya olimpiya 6 (1)
2020— Ispaniya 27 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2026-yil 24-may uchun)

Mikel Merino Sason (ispancha: Mikel Merino Zazón; 1996-yil 22-iyunda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, Premyer-liganing Arsenal klubi va Ispaniya terma jamoasida yarim himoyachi yoki hujumchi sifatida oʻynaydi.

U oʻz faoliyatini Osasunada boshlagan va 2018-yilda „Real Sociedad“ bilan shartnoma imzolashdan oldin Dortmundning „Borussia“ va „Newcastle United“da qisqa muddat oʻynagan va klub bilan 2019-20-yilgi Ispaniya kubogida gʻolib chiqqan, jami 242 oʻyin oʻtkazib, 27 ta gol urgan[4]. 2024-yil avgust oyida u „Arsenal“ga qoʻshildi va ikkinchi mavsumida Premyer-ligada gʻolib chiqdi.

Merino Ispaniyani 21 yoshgacha boʻlgan ikki marta Yevropa chempionatida himoya qilib, 2019-yilgi chempionatda gʻolib chiqdi. U 2020-yilda kattalar safida debyut qilgan, Yevro-2024 va 2026-yilgi Jahon chempionatiga tanlangan va ikkala turnirda ham gʻalaba qozongan.

Klubdagi faoliyati

Merino- Osauna klubi tarbiyalanuvchisi.2014-yilning 23-avgustida Barselona B jamoasiga qarshi Segundada debyut qilgan.21-dekabrda Las-Palmasga qarshi oʻyinda birinchi golini kiritgan.2015-yilda Merinoning xizmatlariga Barselona qiziqish bildirgan.

2016-yilda Merino Borussiya Dortmund bilan shartnoma imzolaydi. Transfer summasi 5 million yevroni tashkil qilgan. U 14-oktyabr kuni Bundesligada Gertaga qarshi bahsda debyut qiladi. Oʻzining ilk mavsumida klubi bilan Germaniya kubogini qoʻlga kiritgan.

2017-yilnin yozida Mikel Merino oʻyin amaliyoti kamligi sababli Nyukasl Yunayted klubiga ijaraga beriladi.13-avgustda Premyer ligadagi ilk uchrashuvini Tottenhemga qarshi oʻtkazadi.2017- yilning 13-oktyabrida Nyujkasl Merinoni toʻlaqonli sotib oladi.21-oktyabrda Kristal Pelasga qarshi kechgan bahsda oʻzining debyut golini uradi.

2018-yilning yozida Merino Ispaniyaga qaytib,Real Sosyead aʼzosiga aylanadi. Nyukasl Yunayted bu transferdan 12 million yevro ishlab olgan. U La-ligadagi debyutini Villyarealga qarshi bahsda oʻtkazadi.21-sentyabrda Ueskaga qarshi uchrashuvda oʻzining birinchi golini kiritgan.

Terma jamoadagi faoliyati

2015-yilda Gretsiyada boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida Ispaniya terma jamoasi tarkibida chempionlikni qoʻlga kiritgan.

2017-yilda Merino Ispaniya yoshlar terma jamoasi safida Polshadagi Yevropa chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi. U Portugaliya va Serbiyaga qarshi bahslarda maydonga tushgan. 2019-yilda esa Italiyadagi Yevropa chempionatida chempionlikni qoʻlga kiritadi. 2021-yilda esa Merino Tokio 2020 olimpiadasida ishtirok etdi. Ispaniya olimpiya terma jamoasi turnirda kumush medallarga ega chiqqan.

Shu kunlarda Germaniya yashil maydonlarida boʻlib oʻtayotgan Yevropa chempionatida Mikel Merino Ispaniya milliy terma jamoasi safida harakat qilmoqda.5-iyul kuni boʻlib oʻtgan mezbon Germaniyaga qarshi chorak final uchrashuvining 119-daqiqasida aynan Merino kiritgan gol Ispanlarga yarim final yoʻllanmasini taqdim etdi.

Manbaalar

  1. „Updated squads for 2017/18 Premier League confirmed“. Premier League (2018-yil 2-fevral). Qaraldi: 2018-yil 15-fevral.
  2. 2,0 2,1 Clavero, Marta. „Mikel Merino, el goleador de la victoria de España que casi nace en Vigo“ (es) (2024-yil 5-iyul). Qaraldi: 2025-yil 15-oktyabr.
  3. „Mikel Merino“. Premier League. Qaraldi: 2024-yil 9-oktyabr.
  4. „Mikel Merino abandona la Real Sociedad y firma con el Arsenal“ (es) (2024-yil 27-avgust). Qaraldi: 2024-yil 27-avgust.

Havolalar

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.