Messa

Messa (frans. messa, mitto— yuboryapman) —1) katolik xristianlarda asosiy ibodatlardan biri (liturgiya)ning nomi. Xristianlarning eʼtikrdiga koʻra, M. jarayonida ibodat qiluvchilar Iso Masihga qoʻshilish orqali oʻz gunoxlaridan xalos boʻladilar. Injil parchalarini oʻqish, diniy aytimlarni kuylash hamda Iso Masihni hayoti va oʻlimini ifodalovchi maxsus harakatlardan iborat. M.ni oʻtkazish tartibi va tarkibi koʻp asrlar davomida shakllanib, XVI asrda hozirgi koʻrinishga ega boʻldi; 2) Uygʻonish davridan boshlab Yevropa madaniyatida eng yirik diniy mussha janri, lotin matnlariga aytiladigan vokal yoki vokal-cholgʻu turkumi. "Oddiy" (missa ordi-narium), "tantanavor" (missa solemnis) hamda "qisqa" (missa brevis) turlari mavjud. "Oddiy" M.da asosiy qismlarning nomlari — "Kyrie eleison" ("Xudo oʻzing kechirgin"), "Gloria" ("Shon-sharaflar boʻlsin"), "Gredo" ("Ishonaman"), "Sanktus" ("Muqaddas") va "Benedictus" ("Marhamatli"), "Agnus Dei" ("Xudo arzandasi") — matnning boshlangʻich soʻzlaridan olingan. Dastlab bir ovozli, grigorian xoraln asosidagi aytimlardan iborat boʻlgan. Keyinchalik, kompozitorlar yaratgan koʻp ovozli M.lar rivoj topgan (ilk namunalaridan biri — G. de Mashoning toʻrt ovozli M.si, 1364). O. Lasso, Palestrina, keyingi davrda I.S. Bax, V. Motsart, L. Betxoven, F. Shubert, A. Brukner, XX asrda I. Stravinskiy, B. Britten, B. Martinu, F. Pulenk, K. Penderetskiylar va boshqalarning M. lari mashhur. Motam M.si — rekviyemdir.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.