Merci, Chérie

„Merci, Chérie“
Udo Jürgens singli
Chansons albomidan
B tomon „Das Ist Nicht Gut Für Mich“
Chiqarilgan sanasi 1966-yil
Leybl Vogue
Qoʻshiq muallif(lar)i
Udo Jürgens singllari xronologiyasi
„Sag ihr, ich lass sie grüßen“ Merci, Chérie „Warum es hunderttausend Sterne gibt“
Rasmiy ijro videosi
"Merci, Chérie" YouTubeda

„Merci, Chérie“ (fransuzcha talaffuzi: [mɛʁsi ʃeʁi], maʼnosi: „Rahmat, azizam“) — avstriyalik xonanda Udo Jürgens tomonidan ijro etilgan qoʻshiq boʻlib, musiqasi ham Udo Jürgens tomonidan yaratilgan. Qoʻshiq matni esa Udo Jürgensning oʻzi va Thomas Hörbiger hamkorligida yozilgan. Qoʻshiq Lyuksemburgda boʻlib oʻtgan 1966-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovi 1966da Avstriya sharafini himoya qilgan va mamlakatga ushbu tanlov tarixidagi ilk gʻalabani taqdim etgan.

Tarixi

Yaratilish tarixi

"Merci, Chérie" qoʻshigʻi Udo Jürgens tomonidan bastalangan. Matni Udo Jürgensning oʻzi hamda Thomas Hörbiger tomonidan yozilgan. Bu balladada xonanda oʻz sevgilisini tark etayotganda, u bilan oʻtgan goʻzal damlar va yoqimli xotiralar uchun minnatdorchilik bildiradi. Jürgens fransuzcha iboralar aralashgan asl nemis tilidagi versiyadan tashqari, ushbu qoʻshiqni toʻliq fransuz, ingliz, yapon (メルシー・シェリー, „Merushī sherī“), italyan (matni Vito Pallavicini tomonidan yozilgan) va ispan (matni Arturo Kaps-Schönfeld tomonidan yozilgan) tillarida ham yozib qoldirgan[1].

Eurovision

"Österreichischer Rundfunk" (ORF) telekompaniyasi 11 marotaba oʻtkazilgan Eurovision qoʻshiq tanlovida Avstriya nomidan qatnashish uchun „Merci, Chérie“ qoʻshigʻini ichki saralash orqali tanladi[2].

1966-yil 5-mart kuni Lyuksemburgdagi „Villa Louvigny“ binosida boʻlib oʻtgan Eurovision qoʻshiq tanlovi 1966 „Compagnie Luxembourgeoise de Télédiffusion“ (CLT) mezbonligida butun qitʼa boʻylab jonli efirda uzatildi. Oʻsha oqshom toʻqqizinchi boʻlib sahnaga chiqqan Jürgens „Merci, Chérie“ kompozitsiyasini Portugaliya vakili Madalena Iglésias ijro etgan „Ele e ela“ qoʻshigʻidan keyin hamda Shvetsiya nomidan Lill Lindfors va Svante Thuresson kuylagan „Nygammal vals“ taronasidan oldin ijro etdi. Avstriya vakilining chiqishida tanlov orkestriga Hans Hammerschmid dirijyorlik qildi[3].

1965-yilgi tanlov gʻolibi France Gall gʻoliblik medalini Jürgensga topshirmoqda.

Ovoz berish yakunida „Merci, Chérie“ qoʻshigʻi 31 ball toʻplab, 18 ta ishtirokchi orasida birinchi oʻrinni egalladi[4]. Bu Avstriyaning Eurovisiondagi ilk gʻalabasi boʻldi va mamlakat 2014-yilgacha Conchita Wurst „Rise Like a Phoenix“ qoʻshigʻi bilan gʻolib chiqquniga qadar boshqa gʻalaba qozonmadi. 2025-yil holatiga koʻra, tanlov tarixida asosan yoki toʻliq nemis tilida kuylangan bor-yoʻgʻi ikkita gʻolib qoʻshiq mavjud boʻlib, ulardan biri ushbu kompozitsiya, ikkinchisi esa 1982-yilda Germaniya nomidan Nicole ijro etgan „Ein bißchen Frieden“ asaridir. Jürgens Eurovisionda pianino chalib gʻolib chiqqan soʻnggi yakkaxon erkak xonanda boʻlib, uning bu koʻrsatkichi faqatgina 2019-yilda Duncan Laurence „Arcade“ qoʻshigʻi bilan gʻalaba qozongach yangilandi.

1967-yilgi tanlovda Buyuk Britaniya vakili Sandie Shaw „Puppet on a String“ qoʻshigʻi bilan gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Avstriyaning tanlovdagi keyingi qoʻshigʻi esa Peter Horten ijro etgan „Warum es hunderttausend Sterne gibt“ kompozitsiyasi boʻldi.

Natijalar va keyingi voqealar

Jürgens oʻz qoʻshigʻi bilan 1981-yil 22-avgustda Mysen shahrida boʻlib oʻtgan Eurovisionning 25 yillik yubileyiga bagʻishlangan „Songs of Europe“ shousida ham qatnashgan[5]. 2015-yilda Venada boʻlib oʻtgan Eurovision qoʻshiq tanlovining final bosqichini ochib berish marosimida „Eurovision Young Musicians 1998“ tanlovi gʻolibi, skripkachi Lidia Baich sahna koʻrinishi namoyish etdi. U Udo Jürgens xotirasiga bagʻishlab „Merci, Chérie“ asaridan parchani jonli ijro etdi[6][7].

Chartlardagi natijalari

Haftalik chartlar

Chartlar (1966) Eng yuqori oʻrni
Avstriya bayrogʻi Avstriya (Ö3 Austria Top 40)[8] 2
Belgiya bayrogʻi Belgiya (Ultratop 50 Flanders)[9] 2
Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya (Dutch Top 40)[10] 14
Germaniya Gʻarbiy Germaniya (Official German Charts)[11] 4

Merosi

  • Qoʻshiq ingliz xonandasi Vince Hill tomonidan qayta ijro etilgan. Uning inglizcha matni Baker Cavendish tomonidan yozilgan boʻlib, musiqiy aranjirovkasi Johnny Arthey tomonidan yaratilgan. Vince Hill ijrosidagi ushbu talqin EMI Columbia tomonidan chiqarilgan boʻlib, 1966-yil iyun oyida Buyuk Britaniyaning „UK Singles Chart“ reytingida 36-oʻringacha koʻtarilgan[12].
  • Matt Monro ingliz xonandasi boʻlib, u Udo Jürgens bilan 1964-yilgi Eurovision qo'shiq tanlovi 1964da raqobatlashgan va „Warum nur, warum?“ qoʻshigʻining inglizcha talqini bilan katta muvaffaqiyatga erishgan. U ushbu qoʻshiqning inglizcha versiyasini 1966-yilda chiqqan „This Is the Life“ albomiga kiritgan hamda uni singl sifatida ham chiqargan, biroq ushbu singl chartlarga kira olmagan.
  • Isabel Fontes ushbu qoʻshiqning portugalcha talqinini oʻzining 1966-yilda chiqqan Eurovision 1966 EP albomiga kiritgan. Mazkur toʻplamda „Merci, Chérie“, „Dio, come ti amo“ hamda „Yo soy aquel“ qoʻshiqlarining ham ijrolari joy olgan.
  • Gunnar Wiklund ushbu qoʻshiqni 1966-yilda Nisse Hansén orkestri joʻrligida Shvetsiya bozori uchun qayta yozib ijro etgan. Qoʻshiqning shvedcha matnini Al Sundström yozgan boʻlsa-da, fransuzcha nomi saqlab qolingan. Ushbu talqin His Master’s Voice leybli ostida chiqqan va „Sjunger Eurovisionsschlager 1966 EP“ albomida nashr etilgan.
  • 1967-yilda Bent Fabric ushbu qoʻshiqning instrumental talqinini oʻzining „Operation Lovebirds“ albomida taqdim etgan.
  • 2007-yilda amerikalik pop-yulduz Belinda Carlisle qoʻshiqning fransuzcha talqinini kuyladi va uni oʻzining klassik taronalardan iborat „Voila“ nomli albomiga kiritdi.

Manbalar

  1. „"Merci, Chérie" lyrics and detailed info“. The Diggiloo Thrush.
  2. „National Selections: 1966“. Eurovisionworld.
  3. „Eurovision Song Contest 1966“. Eurovision Song Contest. 5 March 1966. CLT / EBU.
  4. „Official Eurovision Song Contest 1966 scoreboard“. Eurovision Song Contest.
  5. „Songs of Europe“. Eurovision Song Contest. 22 August 1981. NRK / EBU.
  6. „Eurovision Song Contest: Ein Opening, das Brücken baut“ [Eurovision Song Contest: An opening that builds bridges] (de). OTS.at. 2020-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-aprel.
  7. „Conchita Wurst & a magical bridge to open the Eurovision Final“. eurovision.tv (2015-yil 29-aprel).
  8. "Udo Jürgens – Merci, Cherie" (olmoncha). Ö3 Austria Top 40.
  9. "Udo Jürgens – Merci, Cherie" (niderlandcha). Ultratop 50.
  10. "Nederlandse Top 40 – Udo Jürgens" (niderlandcha). Dutch Top 40.
  11. "Offiziellecharts.de – Udo Jürgens – Merci, Cherie". GfK Entertainment Charts.
  12. Roberts, David. British Hit Singles & Albums, 19th, London: Guinness World Records Limited, 2006 — 253-bet. ISBN 1-904994-10-5. 

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.