Maranyan
|
| |||
| Shtat | |||
|---|---|---|---|
| Tegishli | Shimoli-sharqiy hudud | ||
| Tarkibida |
- 5 mezoregion; - 21 mikroregion; - 217 munitsipalitet | ||
| Maʼmuriy markazi | San-luis | ||
| Gubernator | portugalcha: Roseana Sarney | ||
| Vitse-Gubernator | portugalcha: Washington Luiz de Oliveira | ||
| Senatorlar |
portugalcha: Edison Lobão Filho portugalcha: Epitácio Cafeteira portugalcha: João Alberto de Souza | ||
| YAIM (2009) | R$39 855 000 [1] (16-oʻrin) | ||
| Rasmiy tillar | Portugal | ||
| Aholi (2010-yil) | 6 574 789 | ||
| Zichligi | 19,81 kishi./km² | ||
| Dinlar tarkibi | katoliklar | ||
| Maydoni | 331 935,507 [2] km² (8-oʻrin) | ||
| Kengligi | -6.183333 | ||
| Uzunligi | -45.616667 | ||
| Vaqt mintaqasi | GMT-3 | ||
| Kod ISO 3166-2 | BR-MA | ||
| Pochta indeksi | 65000-000 по 65990-000 | ||
| Rasmiy sayti | ma.gov.br | ||
| Xaritada | |||
|
| |||
|
| |||
| 6°11′0″S 45°37′0″W / 6.18333°S 45.61667°W | |||
Maranyan — Braziliyaning shimoli-gʻarbiy qismidagi shtat, Atlantika okeani sohilida. Maydoni — 333,3 ming km². Aholisi — 5,63 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — San-Luis shahri. M. hududi Braziliya yassitogʻligining shimoliy qismi va sohilboʻyi allyuviy pasttekisligidan iborat. Iqlimi sernam, subekvatorial iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura San-Luis shahri atroflarida 21—3°C, yillik yogin 1900 mm gacha, janubi-sharqiy qismida 650–1000 mm, sentabr-noyabr oylari qurgʻoqchil. Oʻsimligi yassitogʻlarda kserofil butalar va siyrak oʻrmonlar, pasttekislik qismida qimmatbaho daraxt turlariga boy sernam ekvatorial oʻrmonlardan iborat. M. xoʻjaligining asosini yirik dehqonchilikka asoslangan qishloq xoʻjaligi tashkil etadi. Dehqonchilik, asosan, shim., sohilboʻyi hududlar va daryo vodiylarida rivojlangan. Asosiy ekinlari — paxta, shakarqamish, tamaki, sholi. Shuningdek, makkajoʻxori, maniok, dukkaklilar ekiladi. Qoramol, choʻchqa, echki va qoʻy boqiladi. Baliq ovlanadi. Oʻrmonlarda palma yongʻogʻi, kokos yongʻogʻi va boshqa yigiladi. Yirik shakar zavodlari va toʻqimachilik korxonalari mavjud. Yirik daryolarida kema qatnaydi. Alkantara shahri yaqinida dengiz suvidan tuz olinadi. Yirik porti — San-Luis[3].
Manbalar
- ↑ „Tabela 1 - Produto Interno Bruto a preços correntes e Produto Interno Bruto per capita segundo as Grandes Regiões, as Unidades da Federação e os municípios - 2005-2009“ (pt). Instituto Brasileiro de Geografia e Estatística. 2012-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-may.
- ↑ Censo 2010: população do Brasil é de 190.732.694 pessoas (port.)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.