Manmit Kaur
| Manmit Kaur | |
|---|---|
| Tavalludi | 1990 |
| Fuqaroligi | Pokiston |
| Taʼlimi | Jinnoh ayollar kolleji, Peshovar |
| Kasbi | Jurnalist, ijtimoiy xodim |
| Mukofotlari | 30 yoshgacha bo‘lgan eng kuchli ta’sirga ega 100 nafar sikh shaxslari |
Manmit Kaur — pokistonlik jurnalist va ijtimoiy ish xodimi[1]. Pokistondan chiqqan birinchi sikh jurnalist[2][3].
Shaxsiy hayoti
Manmit Kaur Pokistonning Xaybar Paxtunxva viloyati Peshovar shahridan[4]. Ular oilada besh farzand. Otasi nafaqadagi tadbirkor. Kaur Peshovardagi Jinnoh ayollar kollejida ijtimoiy fanlar boʻyicha magistratura darajasini egallagan[5][6]. Manmit turmush qurgan va bir farzandi bor[7].
Faoliyati
Dastlab Manmit model boʻlishni istagan va Pokistondagi birinchi sikh model boʻlishni orzu qilgan. Biroq oʻzining aytishicha, Pokistondagi sikh jamoasi uchun koʻplab ijtimoiy va madaniy masalalarni yoritishni ham xohlagan va shu sababli jurnalistika sohasi bilan shugʻullanishni tanlagan. Ammasi Rajesh Toni Singh Kaurni jurnalistika faoliyati bilan shugʻullanishi uchun ruhlantirgan[5]. Manmit jurnalistikadagi faoliyatini boshlagan paytida oilasi uni qoʻllab-quvvatlamagan edi, chunki ular ayollar uchun uydan tashqarida ishlash nomunosib deb hisoblashgan. Biroq Manmitning sikh jamoasi haqidagi hikoyalarni yoritishga eʼtibor qaratishi oxir-oqibat kishilarni xursand qilgan va tez orada u oʻz oilasining qoʻllab-quvvatloviga erishgan[7].
Jurnalist sifatida faoliyat yuritishidan oldin Manmit uch yil davomida kompyuter akademiyasida administrator boʻlib xizmat qilgan[5].
2018-yilda Manmit xususiy boshqariladigan „HUM TV“ yangiliklar kanaliga ishga kirgan va u yerda Pokistondagi birinchi sikh ayol jurnalistiga aylangan. U, shuningdek, Pokistondagi sikh ozchilik jamoasi hayotiga oid hikoyalarni yoritish hamda ayollar huquqlarini himoya qilish bilan ham shugʻullangan[8][6].
Mukofotlari
2020-yilda 25 yoshida[9] Manmit Kaur Buyuk Britaniyada joylashgan xalqaro sikh diniy tashkiloti „The Sikh group“ tomonidan 30 yoshgacha boʻlgan eng kuchli taʼsirga ega 100 nafar sikh shaxslari roʻyxatiga kiritilgan[10][11]. Ushbu mukofot sikhlarning biznes, sport, xayriya, OAV, koʻngilochar sohalar, taʼlim, fidokorona koʻngilli xizmatlari hamda boshqa eʼtiqod vakiliga multikulturalizmni targʻib qilgani va shu kabi yoʻnalishlarda amalga oshirgan xizmatlari uchun taqdim qilinadi[12]. 2020-yilgi roʻyxatga Ammy Virk, Guru Randhawa, Sidhu Moosevala, Sonam Bajwa va Jass Manak kabi koʻplab mashhur kishilar kiritilgan edi[13][14].
Yangiliklar muxbiriga bergan intervyusida Manmit Kaur shunday degan edi: „Mehnat qilganlar mukofotini oladi. Buyuk Britaniyaga borib, Pokiston nomidan vakillik qilish oilam uchun katta sharafdir“[15][16].
U, shuningdek, ozchiliklar va ayollar duch keladigan muammolarni yoritgani uchun ham koʻplab mahalliy mukofotlar bilan taqdirlangan[5][17].
Manbalar
- ↑ Kiran, Jessica „Manmeet Kaur Pakistani journalist Wiki, Bio, Profile, Unknown Facts and Family Details revealed“ (en-US). TheNewsCrunch (2020-yil 19-may). Qaraldi: 2020-yil 19-noyabr.
- ↑ „Meet Manmeet Kaur, The First Sikh News Reporter Working In Pakistan“ (en). Sikh Siyasat News (2018-yil 24-may). 2021-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-noyabr.
- ↑ Khybri, Garvita „5 Things About Pak's First Woman Sikh Reporter You Didn't Know“ (en). TheQuint (2018-yil 29-may). Qaraldi: 2020-yil 19-noyabr.
- ↑ „Pakistan's first feminine Sikh journalist nominated for UK award“ (en-US). Pakistan Latest News Updates (2020-yil 17-may). 2020-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-noyabr.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 „Pakistan's 1st woman Sikh journalist Manmeet Kaur nominated for UK award“ (en-US). Global Punjab (2020-yil 17-may). 2020-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-noyabr.
- ↑ 6,0 6,1 Daur, Naya „Pakistan's First Sikh Female Reporter Wins UK Award“ (en-US). Naya Daur (2020-yil 16-may). Qaraldi: 2020-yil 19-noyabr.
- ↑ 7,0 7,1 „First female Sikh journalist from Peshawar nominated for UK award | TNN“ (en-US). TNN | Tribal News Network (2020-yil 5-may). 2020-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-noyabr.
- ↑ „Pakistan's first Sikh woman journalist among top 100 influential Sikhs under 30“ (en). Tribuneindia News Service. Qaraldi: 2020-yil 19-noyabr.
- ↑ „Pakistan's first female Sikh journalist nominated for UK award“ (en). South Asia Monitor (2020-yil 17-may). Qaraldi: 2020-yil 19-noyabr.
- ↑ Sati, Aishwarya „Manmeet Kaur, Pakistan's First Sikh Woman Journalist Receives UK Award“ (en). femina.in (2020-yil 18-may). Qaraldi: 2020-yil 19-noyabr.
- ↑ „Pakistan's 1st female Sikh journalist Manmeet Kaur nominated for UK award“ (en). Free Press Journal. Qaraldi: 2020-yil 19-noyabr.
- ↑ „First female Sikh journalist nominated from Pakistan for UK award“ (en-US). Voice of Sindh (2020-yil 16-may). 2020-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-noyabr.
- ↑ „Pakistan's first female Sikh journalist nominated for prestigious UK award“ (en). Hindustan Times (2020-yil 18-may). Qaraldi: 2020-yil 19-noyabr.
- ↑ „The Chartered Institute of Journalists – Journalist Manmeet Kaur has been named as one of the 100 most influential Sikh's under 30 years old and will be awarded next year in the UK.“ (en-GB) (2020-yil 17-may). 2020-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-noyabr.
- ↑ Khan, Ahtesham „Pakistan's first female Sikh journalist nominated for UK award“ (en). The Express Tribune (2020-yil 16-may). Qaraldi: 2020-yil 19-noyabr.
- ↑ „Pakistan's first Sikh woman journalist Manmeet Kaur to receive award in Britain“ (English). News Track (2020-yil 17-may). Qaraldi: 2020-yil 19-noyabr.
- ↑ „Pakistan: CFWIJ congratulates Manmeet Kaur, first sikh woman journalist nominated to the prestigious award“ (en-US). The Coalition For Women In Journalism. 2021-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-noyabr.
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.