Mamont

Junli Mamont

Mamont (lotincha: Mammuthus) — fillar oilasiga mansub qirilib ketgan sut emizuvchi hayvon. Pleyston 2-yarmida Yevropa, Shimoliy Osiyo va Janubiy Amerikada yashagan. Suyak qoldiklari Tosh davrida odamlar yashagan joylardan, yaxshi saqlangan jasadlari Sibir va Alyaskada muz qatlamlaridan topilgan. Mamontning boʻyi 2,5—3,5 m, ogʻirligi 7 t gacha, oyoqlari kalta, juni uzun boʻlgan. Ogʻzidan chiqib turadigan tishlarining uzunligi 4 m, ogʻirligi 100 kg gacha kelgan. Bu tishlar yordamida Mamont qishda qor ostidan ozigʻini kovlab olgan. Jagʻ tishlari yordamida dagʻal oʻsimliklardan iborat ozigʻini maydalagan. Mamontning topilgan qismlaridan tiklangan tulumi va skeleti Rossiya Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti muzeyiga (Sankt-Peterburg shahri) qoʻyilgan.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.