Malcolm Gladwell

Malcolm Timothy Gladwell(1963-yilning 3-sentabrida tugʻilgan)—kanadalik jurnalist, yozuvchi va boshlovchi. Gladwell 1996-yildan beri The New Yorker gazetasining yozuvchisi boʻlib ishlaydi. Shu paytgacha yettita kitob chop etgan:"The Tipping Point: How Little Things Can Make a Big Difference"(2000)."Blink: The Power of Thinking Without Thinking"(2005), „Outliers: The Story of Success“(2008), „What the Dog Saw: And Other Adventures“(2009), uning jurnalistik toʻplami: „David and Goliath: Underdogs, Misfits, and the Art of Battling Giants“(2013), „Talking To Strangers: What We Should Know about the People We Donʼt Know“(2019) va „The Bomber Mafia: A Dream, a Temptation, and the Longest Night of the Second World War“(2021).Uning birinchi besh kitobi The New York Times Bestseller roʻyxatiga kiritilgan[1][2]. Shuningdek, „Revisionist History“ podkastining boshlovchisi va „Pushkin Industries“ podkast kompaniyasi asoschilaridan biri hisoblanadi.
Hayoti va Ijodi
Gladwell Angliyaning Hampshire shtatidagi Fareham shahrida tugʻilgan. Uning onasi Joyce Gladwell, yamaykalik psixoterapevt. Uning otasi Graham Gladwell Angliyaning Kent shahridan matematika professori boʻlgan. Uning ikki ukasi bor. Gladwell va uning oilasi 1969-yilda Elmira,Ontarioga koʻchib ketishadi. Bolaligi davomida Ontario qishlogʻida yashaydi va u yerda mennonit cherkoviga oʻqishga qatnaydi. Oʻzining 2008-yildagi „Outliers“ kitobida Gladwell oʻz hayotida muvaffaqiyatga erishganida oilasining oʻrni kattaligi haqida aytib oʻtadi va yozuvchi sifatida onasi unga namuna ekanligini ham aytadi. Waterloo universiteti 2007-yilda Gladwellga faxriy doktor unvonini beradi.1984-yilda esa Toronto universitetining Trinity kollejini tarix boʻyicha bakalavr darajasini oladi[3]. Gladwellning asarlari koʻpincha sotsiologiya va psixologiya kabi ijtimoiy fanlardagi tadqiqotlarning kutilmagan oqibatlariga bagʻishlanadi va akademik ishlardan keng qoʻllanadi.
Faktlar
Gladwell milliy toifadagi yuguruvchi va Ontario oʻrta maktabi(Ontario sport uyushmalari federatsiyasi – OFSAA) chempioni boʻlgan. Malcolm Gladwell 13 yoshida 1500 metrni 4 daqidayu 14 soniyada va 14 yoshida esa 4 daqiqayu 5 soniyada yugurib,Kanadaning eng tez yuguruvchi oʻsmirlari qatoriga kirgan. Universitetda esa Gladwell 1500 metrni 3 daqidayu 55 soniyada yugurgan[4].
Manbalar
- ↑ „Bestseller kitob nomlari“.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „M.Gladwell kitoblari“. Qaraldi: 18-sentabr 2023-yil.
- ↑ „M.Gladwell haqida“. 2023-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-sentyabr.
- ↑ „M.Gladwell haqida fakt“. Qaraldi: 18-sentabr 2023-yil.
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.