Mahbuba Muhammedova
- Vikipediyada ismi Mahbuba va familiyasi Muhammedova boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Mahbuba Muhammedova | |
|---|---|
| Tavalludi |
1907-yil |
| Vafoti | 1978-yil |
| Fuqaroligi |
|
| Taʼlimi | Toshkent texnika instituti |
| Kasbi | Pedagog, injener |
| Turmush oʻrtogʻi | Sattor Jabbor |
| Bolalari |
O‘zxon Jabbor, O‘rxon Jabbor Dilbarxon Jabbor |
| Otasi | Nurmuhammad Dadamuhammedov |
| Onasi | Marhamatxonim |
Mahbuba Muhammedova (1907-yil, Fargʻona — 1978-yil 28-sentabr)[1] — pedagog. XX asrning 30-yillari oxirida boshlangan qatagʻon qirgʻiniga uchragan oʻzbek ayollaridan biri. ToshMI dotsenti, Germaniyada tahsil olib qaytgan kimyogar olim Sattor Jabborning turmush ortogʻi.
Tarjimayi holi
Matluba Muhammedova 1907-yil Fargʻonada tugʻilgan. Otasi Nurmuhammad Dadamuhammedov yangi usuldagi maktabda muallimlik qilgan. Onasi Marhamatxonim xonim, xat-savodi chiqqan, oqila ayollardan edi. Marg‘ilonning mashhur jadid muallimi bo‘lgan Nurmuhammad Dadamuhammedov farzandlarining tarbiyasiga alohida eʼtibor bilan qaradi. Ilk savodni uyida o‘zlashtirgan qizlar jadid maktabining eng oldi o‘quvchilari bo‘lib taʼlim oldilar. Moskvadagi oʻzbek maorif institutiga oʻqishga kiradi. Katta qizi Mahbuba Muhammedova dastlab Toshkentdagi xotin-qizlar bilim yurtida tahsil oladi. 1925-yilda Moskvadagi oʻzbek maorif institutiga oʻqishga kiradi. Uning ortidan singlisi Matluba Muhammedova ham Moskvaga oʻqishga keladi. Oʻqishni bitirgan Mahbuba Muhammedova 1930-yilda Germaniyada tahsil olib qaytgan kimyogar olim Sattor Jabborga turmushga chiqadi. Ular uch farzand koʻradi: Oʻrxon, Oʻzxon, Dilbarxon. Turmush oʻrtogʻi Sattor Jabbor taklifi bilan M.Muhammedova Texnika institutiga oʻqishga kiradi.
1937-yil 8-yanvar kuni ToshMI dotsenti Sattor Jabbor qamoqqa olinib, uzoq davom etgan qiynoq va tahqirlardan so‘ng 1938-yil 9-oktyabr kuni otib tashlanadi. Turmush o‘rtog‘i Mahbuba Muhammedova ham 1938-1939-yillarda qamoqda o‘tiradi. Ozodlikka chiqqach, farzandlari tarbiyasiga kirashadi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Toshkent tekstil kombinatida direktor o‘rinbosari darajasiga qadar ko‘tarilgan[2]. 1959-yilga kelib turmush oʻrtogʻi Sattor Jabborning aybsizligi isbotlanadi. Mahbuba Muhammedova 1978-yil 28-sentyabrda vafot etgan. Farzandlaridan O‘zxon Jabbor professor, O‘rxon Jabbor esa texnika fanlari nomzodi.
Manbalar
- ↑ Б. Ҳасанов. Tarixning noma'lum sahifalari. 7-kitob. Toshkent islom universiteti 2018 — 137-bet. ISBN 978-9943-4964-4-6.
- ↑ Bahrom Irzayev „Nega sen qo‘zg‘olmaysan, Millatim?! – Sho‘rolar mamlakatini larzaga solgan opa-singil Muhammedovalar“. oyina.uz. Qaraldi: 26-iyun 2023-yil.
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.