Loyqa

Loyqa, balchiq — 1) suv havzalaridagi juda mayda dispers zarralardan iborat loysimon choʻkindi. U suvning sekin oqishi natijasida daryo, kanal, suv omborlari va boshqa suv havzalari tubida hamda qishloq xoʻjaligi ekinlari sugʻorilgandan soʻng dalaning etak qismida yigʻilib qoladi. Paydo boʻlish joyiga koʻra, kul, daryo va boshqa suv havzasi L.lari, tarkibiga koʻra esa, diatomli, radiolyariyali, ohakli va boshqa L.lar farqlanadi; 2) (tuproqshunoslikda) tuproq qattiq fazasi mexanik elementlarining diametri 0,001 — 0,002 mm dan yirik boʻlmagan kismi. L. togʻ jinslari va ular tarkibiga kiruvchi minerallarning nurashi, shuningdek, tuproq paydo boʻlish jarayonida vujudga keladi. Yotqiziqlarning tarkibi va rangiga kura, L. qizgʻish, yashilroq va boshqa tusda boʻladi. L. amalda oʻzidan suvni deyarli utkazmaydi, lekin unda kapillyar naylar orqali suv koʻtara olish xususiyati yuqori, shuningdek, kup miqdorda nam tutib qolish, boʻkish, qovushqoklik va yopishqoqlik xossalariga ega. Quriganda esa utirib, hajmi kichrayadi. L.da chirindi, oziq moddalar, makro- va mikroelementlar, ayniqsa, azot kup. Tuproqda L. qancha koʻp bulsa, unga ishlov berish shuncha qiyinlashadi. L. zarrachalari tuproqning fizik va fizik-kimyoviy xossalari — singdirish, ilashuvchanlik, suv oʻtkazuvchanlik, yopishqoqlik va boshqalarga katta taʼsir kursatadi. Oʻrta Osiyoning sugʻoriladigan dehqonchilik mintaqalari tuproqlaridagi L. miqdori turlicha: yengil (qumli, qumloqi) mexanik tarkibli tuproqlarda 5—8%, yengil qumokdi yerlarda 10—12%, urtacha va ogʻir qumoqli yerlarda 14—22%, ishlov berish ogʻir boʻlgan soz mexanik tarkibli tuproqlarda esa 20—25% dan 30—40% gacha. Qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtiriladigan oʻtloqi, botqoqi-oʻtloki, ayniqsa, botkoqi, taqirli, taqir-oʻtloqi tuproqlarda hamda taqirlarda L.ning miqdori yuqori (20—30%). Shuning uchun bu tuproqlar sugʻorish va ishlov berish taʼsirida zichlanish hamda qatqaloq hosil qilishga juda moyil.

Baʼzi koʻl va boshqa suv havzasining L.lari qishloq xoʻjaligi ekinlariga oʻgʻit va mineral ozuqa sifatida ishlatiladi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.