Lisa Eder

Lisa Eder

Eder 2019-yilgi musobaqalardan birida
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Fuqaroligi Avstriya bayrogʻi Avstriya
Tavallud sanasi 2001-yil 12-avgust (2001-08-12) (25 yosh)
St. Johann in Tirol, Avstria[1]
Sport
Mamlakat Avstriya bayrogʻi Avstriya
Qaysi sport Tramplindan sakrash
Klubi SK Saalfelden

Liza Eder (2001-yil 12-avgustda tugʻilgan) – avstriyalik sportchi, tramplindan sakrash sporti bilan shugʻullanadi[2].

Faoliyati

Lisa Eder 2001-yil 12-avgustda Avstriyada tugʻilgan.

2015-yil 9-avgust kuni sportchi ilk bor „Alpencup“ musobaqasida ishtirok etdi. Klingenthaldagi kichik Vogtlandschanzen tramplinidan sakrab, musobaqada 18-oʻrinni egalladi. Eder oʻzining Alpencupdagi ilk gʻalabasini 2016-yil 11-avgust kuni Pöhladagi Pöhlbachschanze tramplinidan sakrab qoʻlga kiritgan. 2017-yil 18-avgust kuni unga ilk bor „Kontinental kubogi“ musobaqasida ishtirok etishga ruxsat berildi. Sportchi Oberwiesenthaldagi Fichtelbergschanzen tramplinidan sakrab, musobaqada 15-oʻrinni egalladi. 2017-yil 15-dekabr kuni „Kontinetal kubogi“ doirasida Notoddendagi Tveitanbakken tramplinida sakrab, 4-oʻrindan joy egallashga erishdi. Sportchi ushbu musobaqada ilk bor peshqadamlar uchligiga kirish imkoniyatiga juda yaqin keldi.

Jahon kubogi doirasida Eder Sapporodagi Miyanomori tramplindan sakrash maydonida va Zaōdagi Zaō tepaligida oʻtkazilgan musobaqalarda ishtirok etish uchun ilk bor nomzod sifatida qayd etildi. Sapporoda sportchi musobaqaning saralash bosqichidan oʻta olmadi. 2018-yil 19-yanvarda Zaōda oʻtkazilgan musobaqada 36-oʻrinni egalladi. 2018-yil 20-yanvarda sportchi Chiara Kreuzer, Claudia Purker va Jacqueline Seifriedsberger bilan birgalikda jamoaviy bahslarda ishtirok etib, umumiy hisobda 6-oʻrinni egalladi. Shuningdek, Kanderstegda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ham ishtirok etdi. Lötschberg tepaligida tramplinidan sakrash boʻyicha yakkalik bahslarda 24-oʻrinni, Marita Kramer, Sofi Mayer va Claudia Purker bilan birgalikda jamoaviy bahslarda esa 7-oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi. 2018-yil 24-mart kuni Eder hozirga qadar Jahon kubogidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi, yaʼni Oberstdorfdagi Audi Arena Oberstdorfda tramplindan sakrab, musobaqada 11-oʻrinni egalladi.

Finlyandiyaning Laxti shahrida oʻtkazilgan 2019-yilgi yoshlar chempionatida Eder Marita Kramer, Liza Hirner va Claudia Purkerdan iborat avstriyalik yoshlar jamoasi bilan birgalikda ishtirok etib, bronza medalini qoʻlga kiritdi. Aralash jamoaviy bahslarda 4, yakkalik bahslarida esa 10-oʻrinni qayd etdi. 2019-yil 9-fevral kuni sportchi jamoaviy bahslarda hamyurtlari Jacqueline Seifriedsberger, Chiara Hölzl va Eva Pinkelnig bilan birgalikda Sloveniyaning Lyubno munitsipaliteti yaqinidagi Savina tramplindan sakrash markazida oʻtkazilgan Jahon kubogi musobaqasida ilk bor mukofotli oʻrinlardan biriga sazovor boʻldi. 2020-yil 8–9-fevral kunlari Eder Hinzenbachdagi yakkalik bahslarida mos ravishda 8 va 7-oʻrinlarni egallab, Jahon kubogi yakkalik bahslarida ilk marta kuchli oʻntalikka kirishga muvaffaq boʻldi.

Pekinda oʻtkazilgan Qishki Olimpiya oʻyinlarida sportchi Avstriyaning tramplindan sakrash boʻyicha aralash terma jamoasi tarkibida ishtirok etib, yakunda 5-oʻrinni egalladi. Yakkalik bahslarida esa 8-oʻrinni qayd etdi[3].

Liza Eder „SK Saalfelden-Salzburg“ kulbi aʼzosi hisoblanadi.

Jahon kubogi

Umumiy natijalar

Mavsum Umumiy
2017/18 34
2018/19 44
2019/20 21
2020/21 20
2021/22 9
2023/24 16
2024/25 6

Yakkalik bahslari

Mavsum Sana Manzil Tramplin Oʻlchami
1 2025–2026 21-yanvar 2026  Yaponiya Zaō Yamagata HS102 KX

Gran-pri

Umumiy natijalar

Mavsum Umumiy
2018 32
2019 27
2021 17

Manbalar

  1. „Lisa Eder springt hoch hinaus“ (de). meinbezirk.at (2019-yil 22-aprel). 2022-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 9-fevral.
  2. „Lisa Eder“. FIS-ski.com. International Ski and Snowboard Federation.
  3. „Lisa Eder“. Beijing 2022 Olympics. 2022-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.