Lineament

Lineamentlar -(lotincha lineaementum — chiziq, kontur) bu yer poʻstning muhim obyektlari boʻlib, Yer yuzasiga turli miqiyosli, yoshli va chuqurliklardagi yer poʻsti va litosferaning bir jinsligi toʻgʻrisida qiziqarli va obyektiv maʼlumotlar beruvchi sturukturalardir. Bu atama 1904-yilda Amerkalik geolog V.Xobbs tomonidan qoʻllanishi taklif qilingan. Geologiya aʼmalyotida lineamentlar turli flyuidlar va eritmalar harakatlanuvchi kanallarni aks ettirishi, yaʼni foydali qazilma konlarini bashoratlashda va qidirishda bevosita belgi boʻlib xizmat qilishi mumkin. Lineamentlar uzunligi, kengligi, shakillanish darajasi, joyda moʻljallanish xususiyatlari va boshqa belgilari bilan tasniflanadi. Masalan, yotish chuqurligi boʻyicha: qobiqli(ekzogen) va mantiyali (endogen), kosmosuratlarda lineamentlar tasvirining yaqqolligi boʻyicha: ishonchli va taxminiy; choʻzilishi boʻyicha esa — uzlukli va uzluklsiz boʻladi. Uzunligi boʻyicha lineamentlar va ularning sistemalari mahalliy, mintaqaviy, transmintaqaviy va planetar turlarga boʻlinadi. Ularning barchasi yer poʻstining uzilmali sturukturalaridir. Lineamentlarning makonda joylashuvidagi oʻziga xosligi bir tartibli lineamentlar orasida muayyan ritmlarning yoki „qadamlarning“ mavjudligidir. Bu „qadamlarning“ kengligi yer poʻstining qalinligi va tarkibi, lineamentlarning moʻljallanishi, turli tektonik epoxalar va geobloklarga mansubligiga bogʻliqdir.

Adabiyotlar

Sturukturaviy geologiya va geologik xaritalash . X.Chiniqulov, G`.R.Chiniqulov, A.R.Kushakov(jspi.uz).

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.