Lily Castel
Lily Castel | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
Alice van Acker 1937-yil 10-aprel Gent, Belgiya |
| Kelib chiqishi | Gent, Belgiya |
| Janrlar | Pop |
| Fuqaroligi | Belgiya |
| Hamkorligi | Jacques Raymond |
Lily Castel (asl ismi Alice van Acker; 1937-yil 10-aprelda tugʻilgan) — belgiyalik xonanda. U eng avvalo Jacques Raymond bilan birgalikda „Eurivision-1971“ tanlovida ishtirok etgani bilan tanilgan.
Karyerasi
Castel ijodiy faoliyatini raqqosa sifatida boshlagan. U 1958-yilda „Ontdek de Ster“ televizion isteʼdodlar tanlovida ishtirok etish uchun saralashdan oʻtgan. Shundan soʻng turli orkestrlar bilan muntazam ravishda qoʻshiq ijro etgan hamda 1960-yillar davomida telekoʻrsatuvlarda qatnashgan va xalqaro sahnalarda, jumladan, „Sopot Xalqaro Qoʻshiq Festivali“da ham chiqish qilgan. 1970-yilda esa avvalgi "„Eurovision“ ishtirokchisi Lize Marke bilan birgalikda gastrol safarida qatnashgan[1].
Jacques Raymond, Ann Christy, Nicole Josy va Hugo Deltas bilan birga Castel 1968-yil 12–18-iyul kunlari Bryusseldagi Knokke-le-Zoute kazinosida oʻtkazilgan „Yevropa Qoʻshiq Kubogi“ tanlovining 10-mavsumida Belgiya sharafini himoya qilishi belgilangan jamoa tarkibidan oʻrin olgan[2].
1969-yilda Castel Barbara Ruskinning „Gentlemen Please“ qoʻshigʻini yozib olgan hamda ushbu asar Decca yorligʻi ostida nashr etilgan[3].
Eurovision
1971-yilda Belgiyaning „Eurivision-1971“ uchun saralash jarayonida Nicole & Hugo ijrosidagi „Goeiemorgen, morgen“ („Xayrli tong, tong“) qoʻshigʻi ishonchli gʻalabaga erishgan hamda 3-aprel kuni Dublinda oʻtkazilishi belgilangan tanlovda mamlakat vakili sifatida ishtirok etishi rejalashtirilgan[4]. Biroq musobaqa boshlanishiga bir haftadan kam vaqt qolganida Nicole sariq kasalligi bilan ogʻrib qolganligi sababli duet ishtirokdan voz kechishga majbur boʻlgan. Soʻnggi daqiqadagi oʻrinbosar sifatida BRT tomonidan Castel hamda Belgiyaning 1963-yilgi „Eurivision-1963“ ishtirokchisi Jacques Raymond jalb etilgan[5]. Tayyorlanish jarayoni juda qisqa muddatda kechgan, ayniqsa Dublin shahriga yetib kelgach, Gaiety Theatre sahna tuzilishi oldindan mashq qilingan sahna harakatlariga mos kelmasligi aniqlangan. Shunga qaramay, ijrochilar sharoitga mos ravishda sahnada munosib chiqish qilgan, biroq „Goeiemorgen, morgen“ hakamlar tomonidan yetarli darajada qoʻllab-quvvatlanmagan va 18 ishtirokchi orasida 14-oʻrinni egallagan[6][7].
Manbalar
- ↑ interview (Wayback Machine saytida 12 June 2011 sanasida arxivlangan) Het Nieuwsblad — 11 July 2008 (in Dutch)
- ↑ Billboard, June 15, 1968 — Page 55 International News Reports, Belgian Team Is Chosen for Song Contest
- ↑ Ultratop — Lily Castel — Gentlemen please
- ↑ „BELGIAN NATIONAL FINAL 1971“. natfinals.50webs.com. Qaraldi: 2023-yil 6-yanvar.
- ↑ „beu.be“. 2010-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-yanvar.
- ↑ „Eurovision Song Contest : Belgium 1971 : Lily Castel & Jacques Raymond, Goeie Morgen, Morgen : ESC-History“. www.esc-history.com. Qaraldi: 2023-yil 6-yanvar.
- ↑ „Goeiemorgen morgen, morgen“ at digiloo.net
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.