Lev Olshanskiy
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | ruscha: Лев Абрамович Ольшанский | ||
| Tavallud sanasi | 1-oktyabr 1914-yil | ||
| Tavallud joyi | Yekaterinoslav, Rossiya imperiyasi | ||
| Vafot sanasi |
8-avgust 1995-yil (80 yoshda) | ||
| Vafot joyi |
Moskva, | ||
| Ampluasi | hujumchi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1930—1931 1932—1935 1936—1938 1938 1939 |
|
( 2 (0) 4 (1)) | |
| Boshqargan klublari | |||
| 1948—1949 1950 1951—1954 1954—1955 1956—1957 1957—1959 1960—1963 1964—1970 1972—1976 |
| ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Lev Abramovich Olshanskiy (ruscha: Лев Абрамович Ольшанский; 1914-yil 1-oktyabr, Yekaterinoslav — 1995-yil 9-avgust, Moskva) — sovet futbolchisi, hujumchi. Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy.
Tarjimai hol
1930-yilda Dnepropetrovskning “Spartak” jamoasi, 1932-1935-yillarda Moskvaning “Start” klubi hamda 1936-1938-yillarda Leningradning “Dinamo” klubi sharafini himoya qilgan. 1938-yilning oktyabr oyida “Dinamo” safida SSSR chempionatida “Elektr” (1:2) va “Zenit” (2:1)dagi hamyurtlariga qarshi ikkita oʻyin oʻtkazgan. 1939-yil may oyida Moskvaning “Pishevik” jamoasi uchun “B” guruhida toʻrtta oʻyin oʻtkazib, Yerevanning “Spartak” jamoasiga qarshi uchrashuvda bitta gol urishga muvoffaq boʻlgan.
1948-yildan murabbiylik faoliyati bilan shugʻullana boshlagan. 1948-1949-yillarda Moskva viloyati “Dinamo” klubida, 1950-yilda Podolsk “Mashinostroitel” jamoasida, 1951-1954-yillarda Ashxobodning “Spartak”ida, murabbiy vazifasida faoliyat yuritgan. 1954-1955-yillarda Toshkentning “Spartak” klubida katta murabbiy, 1956-1957-yillarda esa murabbiy boʻlib ishlagan. “Paxtakor” jamoasini 1957-1959-yillarda boshqargan.
1964-1978-yillarda KFK Dinamo (Moskva) jamoasiga ustozlik qilgan. 1970-yilda “Strela” va 1972-yilda “Almaz” jamoalari bilan (OFK-3) SSSR kubogining ikki karra gʻolibi boʻlgan[1]
1995-yilda vafot etgan. Vostryakovskiy qabristoniga dafn etilgan[2].
Manbalar
- ↑ „Московский футбол. XX век, стр. 134“. 2018-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-mart.
- ↑ „Ольшанский Лев Абрамович, Москва, Востряковское — еврейские кладбища | Иудаизм и евреи на Толдот.ру“. 2018-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-mart.
Havolalar
- Лукосяк Ю. П. «История петербургского футбола. Кто есть кто в петербургском футболе». — СПб.: Союз художников, 2011. — 280 с. ил., ISBN 978-5-8128-0111-3. С. 156
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.