Lavsha

Lavsha (scorbutus), singa, skorbut, Barlou kasalligi — ovqat tarkibida S vitamin (askorbin kislota) yetishmasligidan yoki uni organizm yetarli oʻzlashtirmasligidan kelib chiqadigan kasallik. L.da, asosan, markaziy nerv sistemasi faoliyati buziladi: bemor boʻshashadi, tez toliqadi, uyquchan boʻlib qoladi. Boshi aylanadi, keyinroq borib quloq, burun, lab, barmoqlar hamda tirnoqlar koʻkaradi; milk shishadi va qonaydi, ogʻizdan badboʻy hid keladi, tishlar liqillab tusha boshlaydi. Boldir, son va dumbada qizgʻish qoramtir toshmalar paydo boʻladi, keyinroq teri osti va muskul oralariga (kiyim tegib turadigan joylarda) qon quyiladi. Bulardan tashqari, aʼzolar, boʻgʻimlar va tana boʻshliqlari (plevra boʻshligʻi)ga qon quyiladi, meʼda-ichak, yurak-tomir sistemasi faoliyati buziladi, qon bosimi pasayadi, anemiya kuzatiladi. L.ning oldini olish uchun tarkibida S vitamin moʻl mahsulotlar, xususan sabzavot (sabzi, kartoshka, karam) va mevalar (qora smorodina, naʼmatak, qulupnay) yeb turiladi.

Davosi: askorbin kislota, S va R vitamin preparatlari buyuriladi[1].

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.