Laura Samson

Laura Samson
Mamlakat Chexiya bayrogʻi Chexiya
Tugʻilishi 2008-yil 10-mart (2008-03-10) (18 yosh)
Praga, Chexiya
Olgan jami pul mukofot(lar)i miqdori $174,110
Yakkalik bahslar
Rekordi 87–44
Jami titullari 6 ITF
Eng yuqori pozitsiyasi № 218 (13-oktabr 2025)
Joriy pozitsiyasi № 233 (24-noyabr 2025)
„Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari
Australian Open Q1 (2026)
French Open Junior F (2024)
Wimbledon Junior 3R (2024)
US Open Junior SF (2023)
Juftlik bahslari
Rekordi 24–16
Eng yuqori pozitsiyasi № 149 (8-sentyabr 2025)
Joriy pozitsiyasi № 173 (17-noyabr 2025)
„Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari
French Open Junior SF (2024)
Wimbledon Junior (2023)
US Open Junior QF (2023)
Soʻnggi marta yangilandi: 24-noyabr 2025.

Laura Samson (avval Laura Samsonová nomi bilan tanilgan; 2008-yil 10-martda tugʻilgan) — chexiyalik professional tennischi[1]. 2025-yil 13-okty abrda WTA tasnifi yakkalik yoʻnalishida 218-oʻrinni, 2025-yil 8-sentabrda juftlik yoʻnalishida 149-oʻrinni qayd etgan. Bu uning sport faoliyatidagi eng yuqori natijalari hisoblanadi.

Samson 2023-yilgi Wimbledon chempionati qizlar oʻrtasida juftlik bahslarida chempionlikni qoʻlga kiritgan. 2024-yilgi Fransiya ochiq chempionatida qizlar oʻrtasida yakkalik musobaqasida ikkinchi oʻrinni egallagan.

Sport faoliyati

Yoshlar

TK Sparta Prague klubi aʼzosi Samson 13 yoshida 2021-yil oktyabr oyida Prostějov shahrida oʻtkazilgan J5 turnirida birorta ham setni boy bermasdan ilk bor yoshlar oʻrtasidagi musobaqada chempionlikni qoʻlga kiritdi. Bu uning yoshlar oʻrtasida ishtirok etgan ilk turniri edi. Shundan soʻng u 2021-yil noyabr oyida Ispaniyaning Silla-Saledar shahrida oʻtkazilgan J5 turnirida ikkinchi bor gʻolib boʻldi. Uchinchi musobaqasi Montemarda oʻtkazilgan oʻyinlarda esa finalga qadar yetib borishga muvaffaq boʻldi[2][3].

2023-yil iyul oyida u vatandoshi Alena Kovačková bilan birga Wimbledon turinirida qizlar oʻrtasida juftlik bahslari gʻolibiga aylandi. Finalda ular Buyuk Britaniyalik juftlik Hannah Klugman va Isabelle Lacy juftligiga qarshi oʻynab, ikki setda gʻalaba qozonishdi[4]. Ular 2013-yilgi chempion Barbora Krejčíková va Katerina Siniakova juftligidan keyin ushbu unvonni qoʻlga kiritgan ilk chexiyalik juftlikka aylandi[5].

2024-yil iyun oyida Samson Fransiya ochiq chempionatida qizlar oʻrtasida yakkalik bahsi turniri finaliga chiqdi, biroq vatandoshi Tereza Valentovaga oʻyinni boy berdi[6]. 2024-yilda Kovačková bilan birga Wimbledon musobaqasi qizlar oʻrtasida juftlik bahslari chorak finalida Mika Stojsavljevic va Mingge Xu juftligiga magʻlub boʻldi[7].

2024-yil oktyabr oyida Samson ITF World Tennis Tour Junior Finals turniri finaliga chiqishga muvaffaq boʻldi. Final bahsida jahonning birinchi raqamli tennischisi Emerson Jonesga 4–6, 4–6 hisobida ikki setda imkoniyatni boy berdi. Keyinchalik sportchi 2025-yildan boshlab Pro turiga eʼtibor qaratgani sababli bu uning yoshlar oʻrtasidagi soʻnggi turniri boʻlganini aytdi[8].

2024: WTA turidagi debyut va ilk gʻalaba

2024-yilgi Praga Ochiq turniriga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan Samson birinchi raundda saralash bosqichidan oʻtib kelgan Tara Würthni ikki setda magʻlub etib, 2008-yilda yoki undan keyin tugʻilgan tennischilar orasida WTA turining asosiy toʻr bahsida uchrashuvni yutgan ilk oʻyinchiga aylandi[9][10]. Ikkinchi raundda u ikkinchi raqam ostida tasniflangan Katerjina Sinyakovani uch setda magʻlub etib chorak finalga yoʻl oldi[11][12]. Vhorak finalda esa Oksana Selexmetevani yengishga erishdi[13][14]. Uning gʻalabali yurishlari yarim finalda yakunlandi. Sportchi Magdalena Frenxga qarshi uchinchi jarohati sababli uchrashuvni davom ettira olmadi (setda ortda borayotgan edi)[15].

Manbalar

  1. „L.Samsonová“. Eurosport. Qaraldi: 2023-yil 15-iyul.
  2. „LAURA SAMSONOVÁ VYHRÁLA PRVNÍ JUNIORSKÝ TURNAJ – PROSTĚJOV J5“. tkspartapraha.cz (2021-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 15-iyul.
  3. „Úžasná forma talentované Samsonové. Třináctiletá Češka po dvou titulech přidala další finále“. tenisovysvet.cz (2021-yil 13-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 15-iyul.
  4. „Clervie Ngounoue, Henry Searle win Wimbledon juniors titles“. ESPN (2023-yil 16-iyul). Qaraldi: 2024-yil 24-noyabr.
  5. „Juniors Kovačková, Samsonová and Filip won the doubles titles at Wimbledon“. Ceskenoviny.cz (2023-yil 16-iyul). 2023-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-iyul.
  6. Oddo, Chris „Valentova triumphs in first all-Czech junior Grand Slam final“. Roland-Garros (2024-yil 8-iyun). Qaraldi: 2024-yil 8-iyun.
  7. Jennings, Will „The four Brits who can still win Wimbledon“. inews (2024-yil 12-iyul). Qaraldi: 2024-yil 13-iyul.
  8. „Nová výzva pro finalistku juniorského TM! Divokou kartu jsem nečekala, září Samson“ (2024-yil 23-oktyabr).
  9. Macpherson, Alex „Prague milestones: Breakthrough wins for Samson, Shibahara and Von Deichmann“. Women's Tennis Association (2024-yil 22-iyul). Qaraldi: 2024-yil 22-iyul.
  10. „Sixteen-year-old Samson becomes first 2008-born player to win WTA match“. WTA. Qaraldi: 2024-yil 22-iyul.
  11. „Prague Open: Wildcard Samson stuns Siniakova to make quarter-finals“. Tennis Majors (2024-yil 23-iyul). Qaraldi: 2024-yil 23-iyul.
  12. „Sixteen-year-old Samson stuns Siniakova to make Prague quarters“. Women's Tennis Association (2024-yil 23-iyul). Qaraldi: 2024-yil 23-iyul.
  13. „Samson edges Selekhmeteva in thriller to reach Prague semis on WTA debut“. Women's Tennis Association (2024-yil 24-iyul). Qaraldi: 2024-yil 24-iyul.
  14. „Prague Open: Laura Samson makes semi-finals“. Tennis Majors (2024-yil 24-iyul). Qaraldi: 2024-yil 24-iyul.
  15. „Prague Open: Frech makes final after Samson withdrawal“. Tennis Majors (2024-yil 25-iyul). Qaraldi: 2024-yil 25-iyul.

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.