Lapar

Lapar — musiqiy folklor janri; voqeabandligi va kuy tuzilishi jihatidan uncha murakkab boʻlmagan, tor diapazonli, naqarotsiz, cholgʻu joʻrligisiz aytiladigan qoʻshiqlarga yaqin. Ikki turi mavjud: 1) toʻy marosimi, xalq sayili, hashar kabi yiginlarda yigit va qizlar tomonidan tarafma-taraf boʻlib dialog shaklida ijro etiladigan laparlar. Bunda davradagi qizlar navbatmanavbat xohlaganiga "lapar soladi", bunga yigit javob qaytarishi kerak. Mos javob qaytarilsa, dastroʻmol, belbogʻ kabi sovgʻalar beriladi. Laparni maxsus laparchi ayollar boshqarib boradi. Marosim laparlarning kuylari, koʻpincha, epik tusda, nutqdosh yoki kuychan ohanglarda boʻladi. Bularda, asosan, yigit va qizning muhabbat kechinmalari, orzu-umidlari aks etadi, shuningdek, yengil hajv va yumor ham qoʻshilib ketadi. Toʻrtlik shaklidagi termalardan iborat boʻlgan laparning bu turi, asosan, Toshkent viloyati va Janubiy Qozogʻiston oʻzbeklari orasida keng tarqalgan; 2) oʻyin lapar Xorazm xalfalari, Buxoro sozandalari orasida "labidan", "labi uchidan" aytiladigan, yengil harakterdagi qoʻshiqlarga nisbat berilgan. Odatda, ikki kishi galma-galdan raqs tushib ijro etadi. Kuylari yengil, oʻynoqi, jozibali boʻladi. Yakka qoʻshiqchi tomonidan cholgʻu joʻrligida ham raqs bilan aytiladi. Xalq orasida "Qora soch", "Oyijon", "Qilpillama", "Bilak uzuk", "Nahoru nashta" kabi L.lar ommalashib ketgan. Lapar ijrochilaridan Tamaraxonim, G. Otaboyeva va boshqa mashhur. Xalq laparlari oʻzbek kompozitorlari tomonidan qayta ishlanib, xor, vokal-simfonik, estrada musika asarlaridan keng oʻrin olgan. Laparlar baʼzan, keng maʼnoda, umuman qoʻshiq tushunchasini ham ifodalaydi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.