Land Rover

Land Rover
Turi avtomobil ishlab chiqaruvchisi va biznes
Xizmatlari Avtomobillar ishlab chiqarish
Egasi Ford motor, Tata Motors, British Leyland, BMW Group va Rover Group
Shiori "Go Beyond"
Qachon asos solingan 1948-yil
Joylashuvi Buyuk Britaniya bayrogʻi Buyuk Britaniya
Asoschi(lari) Spenser va Moris Uilks
Mahsulot(lar)i Yengil avtomobillar
Vebsayti landrover.ru

Land Rover — „premium“ sinfidagi avtomobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan britaniyaning avtomobilsozlik kompaniyasi. 2008-yildan boshlab Hindistonning Tata Motors kompaniyasi tarkibida.

Tarixi

Land Rover 109 Pikap
Land Rover Discovery Series II
Land Rover Freelander

Ilk Land Rover avtomobili yaratuvchilari britaniyaning Rover kompaniyasi bosh dizayneri — Moris Uilks va uning ukasi, ijrochi director — Spenser Uilks hisoblanishadi. Yangi yo'ltanlamas uchun prototipi sifatida amerikaning Willysdan foydalanildi.

Urushdan soʻnggi ilk yillarda britaniya sanoati ishlab chiqarish resurslari va buyurtmalar yetishmasligini boshidan kechirayotgan ogʻir paytda, iqtisodni qayta tiklash uchun asosiy eʼtibor ingliz avtomobil ishlab chiqarishiga qaratildi. Rover kompaniyasi fuqoro avtomobillari ishlab chiqarishga hukumatdan ruxsat oladi va Solixall shahridagi Meteor Works yangi zavodini toʻliq oʻz tasarrufiga oladi. Bu tashkilot davlat tasarrufida boʻlib, Ikkinchi jahon urushi paytida tank va samolyotlar ishlab chiqlar uchun dvigatellar ishlab chiqargan. Zavodda yangi yangi yoʻltanlamaslar ishlab chiqarishga qaror qilindi.


Moris Uilks bu loyiha hukumat metallarga boʻlgan qattiq kvotalarni yengillashtirguncha Rover kompaniyasini yashab qolishiga yordam beruvchi ideal oraliq reja deb hisoblaydi. Tez orada Moris Uilks avtomobillar uchun yangi nom Land Roverni oʻylab topadi.

1947-yilda bombardirovkachilar va qiruvchilar ishlab chiqarish tes suratda qisqaradi hamda omborlarda katta hajmda alyuminiy toʻplanib qoladi va bu metal po'latga nisbatan arzonroq edi. Shuningdek alyuminiyning qulayliklari yengil va korroziyaga chidamliligi yoʻl yoʻq boʻlgan joylarda qattiq sharoitlarda foydalaniladigan avtomobillar uchun mos kelar edi.

1947-yilning kuzida ilk tugallangan prototip „Centre Steer“ paydo boʻldi. Prototip kuzovi samolyot fyuzelajlari yashil rangga boʻyaldi. Dvigatel va transmissiyani Roverning yengil avtomobil modellaridan olindi. Rul oʻrtada joylashgan edi. Biroq, tez orada bu qarordan voz kechildi. Sababi bu kabi avtomobilni umumiy foydalaniladigan yoʻllarda boshqarish xavfli edi.


Land Roverning 25 ta tajribaviy namunalar yigʻilgandan soʻng 1948-yil bahorida boʻlib oʻtgan Amsterdam koʻrgazmasida namoyish etildi. Bu modelga qiziqish juda katta boʻldi. Land Rover aka-uka Uilkslar taxmin qilgandek oraliq reja boʻlmadi. 1948-yilda yoʻltanlamaslar ishlab chiqarish miqdori Rover ishlab chiqaradigan sedanlar miqdori bilan tenglashdi, keying yil esa ikki baravar oshib ketdi.

Land Rover modeli Rover kompaniyasini doimiy daromad bilan taminlay boshlagach, bu modelni haridorlar xohish va talablariga muvofiq takomillashtirish imkoni paydo boʻldi


Harbiylar, fermerlar, qutqruv va qayta tiklash xizmati hodimlari Land Roverda ogʻir ishlarni bajarish uchun lozim boʻlgan xususiyatlarni topdilar. 1959-yilda zavod liniyalaridan 25 50 000-chi Land Rover chiqdi.

Egalari va rahbarlari

Modellari

Yana qarang

Manbalar

Havolalar

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.