Labrador

Labrador – Shimoliy Amerikaning shimoli-sharqiy qismidagi yarim orol. Kanada hududi. Atlantika okeani, Labrador dengizi, San-Lavrentiy qoʻltigʻi, Gudzon qoʻltigʻi va Gudzon boʻgʻozi bilan oʻralgan. Maydoni 1,6 mln. km². Tokembriy jinslaridan tashkil topgan. Labrador geologik jihatdan Kanada qalqonining bir boʻlagi, orografik jihatdan Lavrentiy qirlarinit sharqiy qismi. Tepalik koʻp (balandligi 200–800 m), antropogen muzlarining izi saqlangan.

Sharqiy qismi balandroq (Torngat togʻi, 1676 m). Markaziy qismining balandligi 500–800 m. Iqlimi subarktika va moʻʼtadil iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi janubi-sharqida —12° dan shim.-gʻar-bda —28° gacha, iyulniki 7—18°. Yillik yogʻin 250–1200 mm. Labrador hududining katta qismi toʻng yerlar, koʻl va botqoqlik koʻp. Oʻsimliklari oʻrmon-tundra hamda qoraqaragʻay, oqqaragʻay, tilogʻochli siyrak oʻrmonlardan iborat. Jan.da tayga oʻrmonlari, yaylovlar bor. Foydali qazilmalardan temir, titan va nikel rudalari olinadi. Moʻynali hayvonlar va baliq ovlanadi. Asosiy aholi punktlari: Set-Il, Sheffervill.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.