Lab bichilishi

Lab bichilishi, angulit – ogʻiz burchaklarida paydo boʻladigan yoriqlar va yassi qavariqlar. Infeksion kasallik, bunda ogʻiz burchagining shilliq qavati va terisi zararlanadi. Organizmda V2 vitamin yetishmasligi, milk kasalliklari, nordon va achchiq ovqatlarni muntazam isteʼmol qilish, koʻp soʻlak ajralishi, ogʻiz boʻshligʻini yaxshi parvarish qilmaslik va boshqa sabab boʻladi. Stafilokokklar, streptokokklar, ayrim takomillashmagan zamburugʻlar (qarang Bakteriyalar) qoʻzgʻatadi. Koʻpincha, labini yalab yurishga oʻrganib qolgan bolalar va oʻsmirlar, shuningdek, yasama tish qoʻydirganlarda uchraydi. Lab burchaklaridagi teri va shilliq qavat namlanib qizaradi, keyin sariq qoʻtir bilan qoplanib, yoriladi va ogʻriydi. Zamburugʻlar qoʻzgʻatgan boʻlsa, kasallik ogʻiz boʻshligʻi shilliq pardasiga oʻtishi mumkin (qarang Kandidoz). Davoni vrach tayinlaydi. Surunkali Lab bichilishi organizda vitamin yetishmasa, uzoq davom etadi, shunga qaramay toʻgʻri davo qilinsa, butunlay tuzalib ketadi. Lab bichilishining oldini olishda toʻgʻri ovqatlanish, servitamin mahsulotlarni muntazam isteʼmol qilib turish, shuningdek, ogʻiz boʻshligʻi va tishlarni doimo toʻgʻri parvarish qilish muhim ahamiyatga ega (qarang: Tish)[1].

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.