Kye Rowles
|
| |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Kye Francis Rowles[1] | ||
| Tavallud sanasi | 1998-yil 24-iyun | ||
| Tavallud joyi | Kiama, New South Wales, Avstraliya | ||
| Boʻyi | 1.85 m (6 ft 1 in) | ||
| Ampluasi | Markaziy himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Heart of Midlothian | ||
| Raqami | 15 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| QAS | |||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2014–2015 | FFA CoE | 1 | (0) |
| 2016–2017 | Brisbane Roar NPL | 5 | (0) |
| 2016–2017 | Brisbane Roar | 2 | (0) |
| 2017–2022 | Central Coast Mariners | 104 | (2) |
| 2018 | CCM Academy | 2 | (0) |
| 2022– | Heart of Midlothian | 8 | (1) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 20132—2015 | Avstraliya U17 | 15 | (0) |
| 2016 | Avstraliya U20 | 4 | (0) |
| 20192—2021 | Avstraliya U23 | 5 | (0) |
| 2022— | Avstraliya | 25 | (1) |
|
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 14-noyabr uchun) | |||
Kye Francis Rowles (24-iyun 1998-yilda tugʻilgan) - Avstraliyalik professional futbolchi, hozir "Heart of Midlothian" jamoasining markaziy himoyachisi hisoblanadi. Rowles professional faoliyatini 2016-yilda Brisben Roarda boshlagan, 2017-yilda Central Coast Marinersga oʻtgan. U Avstraliyani 17 yoshgacha boʻlgan yoshlar jamoasida, jumladan 2015-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatida, U-23 Tokio Olimpiadasida va 2022-yilgi FIFA Jahon chempionatida ham oʻynagan boʻlib, oʻz jamoasi sharafini yuqori darajada himoya qilgan.
Klubdagi karyerasi
Brisben Roar klubi
2016-yilning may oyida Rowles Brisben Roar klubi bilan oʻzining ilk professional shartnomasini 2 yillik muddat bilan imzoladi[2]. Rowles 2017-yilning 28-fevralida OChLda “Ulsan Hyundai”ga mag‘lub bo‘lgan holda "Brisben Roar"dagi ilk raqobatbardosh faoliyatini boshladi.
Central Coast Mariners
Rowles 2017-yil iyun oyida bir yillik shartnoma asosida Central Coast Marinersga o‘tdi. U 2017-yilning 18-noyabrida Adelaida Yunaytedga mag‘lub bo‘lgan oʻyinda jamoadoshi Josh Rose jarohatidan so‘ng, uning oʻrniga maydonga tushdi va Mariners safidagi ilk debyut oʻyinini o‘tkazdi[3].
Rowles 2021-yilgi FFA kubogi finalida dengizchilar safida oʻynagan va ushbu bahsda dengizchilar 2:1 hisobida magʻlub boʻlgan. Rowles Jeyk Brimmer bilan birgalikda Mark Viduka medali bilan taqdirlandi va magʻlubiyatga uchragan jamoada oʻynab medalni qoʻlga kirita olgan birinchi futbolchi boʻldi. Shu bilan bir qatorda, u Mariners medalini ketma-ket 2 marta qoʻlga kiritgan yagona shaxsdir.
Heart of Midlothian klubi
2022-yil 9-iyun kuni Rowles noma'lum miqdordagi to‘lov evaziga Shotlandiya Premer-ligasining “Heart of Midlothian” klubiga kelib qo‘shildi va uch yillik shartnomaga qoʻl qoʻydi[4].
Xalqaro karyerasi
Rowles 2015-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionati uchun Avstraliyaning 17 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasiga tanlangan istedodli yoshlardan biri edi[5].
2020-yilning noyabr oyida Rowles Avstraliyaning 23 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga A-liga jamoalariga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga chaqirildi[6]. 2021-yil iyun oyida Rowles Tokio 2020 Olimpiadasi uchun yana terma jamoaga chaqirildi[7]. U Avstraliya oʻsha davrda Olimpiya jamoasining bir qismiga aylanib ulgurgan edi. Jamoa guruhdagi birinchi oʻyinda Argentinani magʻlub etdi, ammo boshqa oʻyinda gʻalaba qozona olmadi. Shuning uchun ular medallar uchun bahsda ishtirok eta olmadilar[8].
Rowles 2022-yil 1-iyun kuni Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida kattalar terma jamoasida debyut qilgan va 2:1 hisobida g‘alaba qozongan[9].
Rowles 2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga chaqirildi[10].
| Avstraliya | ||
|---|---|---|
| Yil | Oʻyinlar | Gollar |
| 2022-yil | 5 | 0 |
| Jami | 5 | 0 |
Yutuqlar
- Avstraliya U20
- AFF U-19 yoshlar chempionati: 2016-yil[11]
- Individual
- Dengizchilar medali: 2020–2021, 2021-2022[12]
- Mark Viduka medali: 2021-yil
- A-League All Star: 2022-yil[13]
Manbalar
- ↑ „Squad list - Men's Olympic Football Tournament Tokyo 2020“. FIFA. Qaraldi: 2021-yil 8-iyul.
- ↑ Monteverde, Marco. „Brisbane Roar sign teenage defenders at the expense of Steve Lustica and Javier Hervas“. The Courier-Mail (2016-yil 3-may). Qaraldi: 2017-yil 1-iyun.
- ↑ Taylor, Ellie. „Depleted Mariners fall to Adelaide United“. Central Coast Mariners FC (2017-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 18-noyabr.
- ↑ „Gorgie Rowles | Heart Of Midlothian Football Club“. www.heartsfc.co.uk. Qaraldi: 2022-yil 10-iyun.
- ↑ „Joeys name squad for the FIFA U-17 World Cup“. The World Game (2015-yil 2-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 26-iyun.
- ↑ „Three Mariners head off to Olyroos camp in Sydney“ (en). Central Coast Mariners (2020-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 11-noyabr.
- ↑ „8 out of 12 ain't bad: which A-League clubs featured Olympic-bound talent in 2020/21“ (en). A-League (2021-yil 29-iyun). Qaraldi: 2021-yil 30-iyun.
- ↑ „Australian Olympic Team for Tokyo 2021“ (en-US). The Roar. Qaraldi: 2022-yil 22-fevral.
- ↑ „‘Couldn’t have had a better game to play’: Arnold praises Socceroos’ resilience after Jordan fightback“ (en). Socceroos (2022-yil 3-iyun). Qaraldi: 2022-yil 4-iyun.
- ↑ „Illawarra duo named in Socceroos World Cup squad“ (en-AU). Illawarra Mercury (2022-yil 8-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 28-noyabr.
- ↑ „Roar quartet and Young Socceroos crowned Champions“. Brisbane Roar FC (2016-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 25-avgust.
- ↑ „News - Kye Rowles Big Winner At Mariners Medal Dinner“. Central Coast Mariners (2022-yil 3-iyun). Qaraldi: 2022-yil 4-iyun.
- ↑ Harrington, Anna. „ALM young guns get shot against Barcelona“. The Canberra Times (2022-yil 20-may). Qaraldi: 2022-yil 20-may.
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.
