Kvinslend
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kvinslend — Avstraliya Ittifoqidagi shtat. Materikning shimoli-sharqiy qismida va qirgʻoqqa yondosh orollarda joylashgan. Maydoni — 1730,6 ming km2. Aholisi — 3,6 mln. kishi (2001); 80% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Brisben shahri.
K.ning sharqiy qismida Katta Suvayirgʻich tizmaning shimoliy qismi joylashgan. Gʻarbiy qismi esa pasttekislik. Iqlimi shtatning shimolida subekvatorial, janubida tropik. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 20—25°, iyulniki 15— 25°. Yillik yogʻin K.ning sharqida 2000 mm, ayrim joylarda 2500 mm gacha, gʻarbi savanna va choʻllardan iborat.
K. hududining 2% dan koʻprogʻi ishlanadi. Dehqonchilikka yaroqli yerlar, asosan, Tinch okean sohilidagi kambar tekislikda. Qishloq xoʻjaligida chorvachilik yetakchi tarmoq. Shtat mamlakatda tayyorlanadigan jun, goʻsht, sariyogʻ, pishloqning katta qismini yetkazib beradi. Sohilda ananas, banan, mango va b. tropik mevalar, shakarqamish yetishtiriladi. Gʻarbiy qismida bugʻdoy va makkajoʻxori ekiladi, sut chorvachiligi rivojlangan. K. mis, boksit, rux va qoʻrgʻoshin, rutil, sirkon, toshkoʻmir, volfram qazib chiqarishda hamda oltin, neft va tabiiy gaz olishda mamlakatda oldingi oʻrinlarda. Mamlakatda qazib olinadigan misning yarmidan ortigʻi shtat gʻarbidagi Maunt-Ayza konlaridan olinadi. Uran, kalay, temir rudasi ham qazib olinadi. Mashinasozlik, kemasozlik, kimyo, oziq-ovqat va b. sanoat tarmoklari rivojlangan. Yirik sanoat shaharlari: Brisben, Gladston, Taunsvill, Makkay, Kerns[1].
Manbalar
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.