Kundalar

Jodugarlarni yoqishdan oldin kundada saqlash. XIV-asr qoʻlyozma miniatyurasi.
Kunda. Bęndzin qalʼasi muzeyidan koʻrgazma (Polsha)
Frans Eyzenhut. „Jazoni kutib“ 1890-y.

Kundalar — odamning boshi va qoʻllari[1], bir oyogʻi yoki ikkala oyogʻi sigʻadigan teshiklari bor yogʻoch konstruktsiya[2].

Qadimda u asirlar yo mahbuslarni saqlash uchun yoki jinoyatchini qiynoqqa solish yo jazolash vositasi sifatida, shuningdek, mahbuslarni qamoqxonadan qamoqxonaga kuzatib borishda ishlatilgan. Kundaga urilgan, Kundalangan — tutqun, bandi, asir, ariston, mahbus.

Jazo

Oʻrta asrlarning jazosi — taʼzir berish ustuni. Rekonstruksiya,



</br> rasm 20.09.2006-y

Asosan, zanjirband qilingan jinoyatchi omma oldida sharmanda qilingan. Jinoyatchini, baʼzan, issiq kunda ovqatsiz va suvsiz qoldirilgan. Jazo sharmandali hisoblangan, chunki mahkum kundalanganligi sababli, hojatini shu holida ishtoniga chiqarishga majbur boʻlgan. Oʻrta asrlarda bu kichik jinoyatlar uchun jazo boʻlib, mahalliy hokimiyat mahalliy yoki shahar sudining hukmi bilan mahkumlarga belgilashi mumkin edi.

Ular baʼzi davlatlarning armiya va dengiz flotlarida aybdor askarlarni jazolash uchun qoʻllangan. Bunday jazoga, xususan, taniqli yozuvchi Daniel Defo va britaniyalik admiral Tomas Kokrayn hukm qilingan.

Kundalash Fransiyada 1832-yilda, Angliyada 1837-yilda, musulmon va Afrika davlatlarida XX-asrning birinchi choragida bekor qilingan.

Etap qilish

Qoʻl kishanlari paydo boʻlishidan oldin Rus va Rossiya imperiyasida mahbuslarni etap qilish paytida kunda ishlatilgan (kishan ishlab chiqarish uchun metall kerak edi, kunda tayyorlash uchun esa material hamisha topilardi, bundan tashqari, kunda mahkum qoʻllarining harakatini batamom cheklardi, kishan bilan esa soqchini boʻgʻish mumkin). Etap qilinayotgan odamlarni „kundalangan bandi“ deb atashgan. Shuningdek, oʻsha yillardagi hujjatlardagi bu atama xavfli va oʻta xavfli qaroqchilarni anglatadi.

Badiiy adabiyotda

  • Barbados plantatorlari oq tanli qullarni kundalashi britaniyalik yozuvchi Rafael Sabatinining „Kapitan Blad sayohati“ (1922) sarguzasht romanida maromiga yetkazib tasvirlangan, unda issiq tropik iqlim bandilarning azob-uqubatini yanada kuchaytiradi.
  • Sadriddin Ayniyning Buxoro xonligi hayoti tasvirlangan asarlarida („Doxunda“, „Qullar“, „Odina“, „Qisqacha tarjimai holim“ v.b.) kundalangan mahbuslarning ayanchli ahvoli yaqqol yoritilgan.

Yana qarang

Manbalar

  1. Колода // Толковый словарь живого великорусского языка : в 4 т. / авт.-сост. В. И. Даль. — 2-е изд. — СПб. : Типография М. О. Вольфа, 1880—1882.
  2. Колода, орудие наказания // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона : в 86 т. (82 т. и 4 доп.). — СПб., 1890—1907.

Adabiyotlar

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.