Kuloba

211-savol.Kuloba mozorqo'rg'oni

KULOBA — skiflar sardorining mo-zorqoʻrgʻoni (miloddan avvalgi 4-asr). Kerch yaqinida ochilgan (1830). Tepalik tagida yunon andazasida qurilgan tosh daxma boʻlgan, u lekin skifcha udumda dafn qilingan. Mayyit yogʻoch tobutda, kiyimda, tilla bezaklar tikilgan bosh kiyimda, boʻynida — uchida otliq skiflar shakli yasalgan oltin taqinchoq, qoʻllarida — oltin bilagoʻzuk bilan koʻmilgan. Qurolaslaha mayyit yonida va maxsus yashirin joylarga qoʻyilgan. Fil suya-gi bilan bezatilgan boshqa sarqofada boy126KULOLLIKKuloba: 1. Oltin koʻza. 2. Oltin koʻzadagi skiflar tasviri. 3. Oltindan ishlangan boʻyin taqinchoq uchidagi otliq skiflar shakli.ayol koʻmilgan. U mayyitga atab qurbonlik qilingan xotini yoki choʻrisi boʻlishi mumkin. Marosim liboslaridagi oltin bezaklar yunon zargarlarining ajoy-ib buyumlaridan hisoblanadi. Qabrdan skiflarning jangdan keyingi tasvirlari tushirilgan idish va dastasi xay-von tasvirlari vaqqoshligi uslubida bezatilgan skiflarning jez oyvasi ham topilgan. Tobutning jan. devorida erkak kishi koʻmilgan, u xoʻjayini oʻlimidan soʻng oʻldirilgan xizmatqori yoki quli boʻlishi mumkin. Qabrda vino solingan koʻza (amfora), goʻsht solingan jez qozonlar, jez va kumush idishlar ham koʻyilgan. Qoʻrgʻon Quyi Dneprboʻyidagi "podsho mozorqoʻrgʻonlari" (miloddan avvalgi 4— 3-asrlar) ga yaqin turadi.



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.