Kristallokimyo
Kristallokimyo, kristallar kimyosi — kristallarning strukturasi va xususiyatlari ayvan shu kristallarning kimyoviy tarkibiga bogʻliqligini oʻrganadigan fan. K. kristallografiya bilan uzviy bogʻlangan. Kristallar strukturasini muntazam tadqiq qilish 1912-yilda kristall panjarasida rentgen nurlari difraksiyasi hodisasi kashf qilingandan keyin boshlandi. Modda strukturasini aniqlashning asosi — bu Ye. S. Fyodorov tomonidan ishlab chiqilgan simmetriyaning fazoviy guruhi nazariyasidir.
Kristallar strukturasining difraksion (rentgenostruktura, elektronografiya, neytronografiya, messbaer va boshqalar) metodlari yordamida strukturaning geometrik tavsifini bilishga imkon beruvchi tajribaviy aniqlash maʼlumotlariga asoslanadi. K. boʻyicha maʼlumotlar Yer poʻstining ashyoviy tarkibini oʻrganish bilan bogʻliq boʻlgan (mineralogiya, petrografiya, foydali qazilmalar toʻgʻrisidagi taʼlimot, geokimyo) barcha geologiya fanlarining asosini tashkil etadi. K. minglab kimyoviy moddalarning kristallik strukturasi haqidagi maʼlumotlarni qamrab olgan. Odatda, har bir kristalli modda oʻziga xos strukturaga ega. Birok, turli moddalar (mas, NaCl va KS1, Vg2 va S1,)ning strukturalari ayvan oʻxshash. Bunday moddalar koʻpincha aralash kristallarni hosil qiladi (qarang Izomorfizm). Ayni vaqtda bitta kimyoviy moddaning oʻzi turli sharoitlarda har xil tuzilishga ega boʻlishi mumkin (qarang Polimorfizm).
K.da kristalli strukturalarni gomodesmik (koordivatsion) vageterodesmik strukturalarga boʻladilar. Birinchisida barcha atomlar fazoviy karkas hosil qilib bir xil kimyoviy bogʻlar orqali birlashgan. Biroq kristalli moddalar koʻp holdarda geterodesmik strukturaga ega. Uning oʻziga xos tomoni — strukturali fragmentlari boʻlib, ularning ichida atomlar oʻzaro mustahkam bogʻlangan. Bu fragmentlar atom, zanjir, qatlam, karkaslarning oxirgi guruhlaridan iborat boʻlishi mumkin. Shunga muvofiq ravishda orolli, zanjirli, qatlamli va karkasli strukturalar farq qilinadi. Deyarli barcha organik birikmalar va galogenlar kabi boshqa noorganik moddalar ham orolli strukturaga ega. Molekulalar "orollar" vazifasini bajaradi, shu bois bunday kristallarni molekulyar kristallar deb ataladi. Atomlarning oʻzaro (gomodesmik strukturalar misolida) yoki struktura fragmentlari orasidagi (geterodesmik strukturalarda) bogʻlanish harakteri boʻyicha kovalentli, ionli, metalli va molekulyar kristallar farq qilinadi. Soʻnggi guruh eng koʻp tarqalgan. Bunday guruhlarga boʻlish bir qadar shartlidir, chunki kristallar asta-sekin bir guruhdan boshqa guruxga oʻtib turadi. Biroq turli guruhga mansub tipik vakillari xususiyatlari bilan oʻzaro jiddiy farq qiladi.
K. minerallar va ularning kristallik tuzilishining fizik, kimyoviy va genetik tavsifi oʻrtasidagi miqdoriy aloqalarni oʻrganish bilan minerallar tasnifi uchun nazariy asos yaratadi. Har xil genezisli minerallar kristallari (nuqsonli, izomorf tarkibli, stexometrik va hokazo)ning strukturaviy tavsifi variatsiyalari tipomorf belgilar sifatida foydalaniladi. K.da yangi yoʻnalish — turli geologik formatsiyaga oid togʻ jinslaridagi minerallar evolyusiyasini K. nuqtai nazaridan oʻrganuvchi geokristallokimyo vujudga keldi. K.ning oldindan belgilangan xususiyatlarga ega boʻlgan moddalarni sintez qilish muammolarini hal qilishda roli katta boʻldi. Bu hozirgi zamon texnikasida qoʻllaniladigan yangi materiallar yaratishda juda ahamiyatli.
Adabiyot
- Bokiy G. B., Kristalloximiya, 3 izd., M, 1971; Povarennix A. S, Kristalloximicheskaya klassifikatsiya mineralnix vidov, Kiyev, 1966.[1]
Manbalar
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.