Kriptonit operatsiyasi
| Kriptonit operatsiyasi | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Afgʻonistondagi urush (2001–2021) davridagi Axilles operatsiyasining bir qismi | |||||||
Koalitsiya obyekti bo'lgan Kajakay to'g'oni | |||||||
| |||||||
| Raqiblar | |||||||
| Qoʻmondonlar | |||||||
| Kuchlar | |||||||
| Jami 300 askar | 700 nafar isyonchilar. Ularning koʻpchiligi xorijiy mujohidlar boʻlib, asosan chechen, oʻzbek va tojiklar edi. | ||||||
| Yoʻqotishlar | |||||||
| Nomaʼlum | 15 qurbon 10 asir | ||||||
Kriptonit operatsiyasi Buyuk Britaniya, Niderlandiya va ISAF va NATOning Afgʻoniston milliy armiyasi bilan hamkorlikda qoʻshma operatsiyaga berilgan nom edi. Operatsiyaning oʻzi Axilles operatsiyasining bir qismi edi. Operatsiyadan maqsad Tolibon jangarilariga tegishli boʻlgan Kajakay toʻgʻoni atrofidagi hududni tozalash, ushbu muhim elektr ishlab chiqarish stansiyasini qayta egallash edi[1]. Toʻgʻon atrofida vaqti-vaqti bilan toʻqnashuvlar boʻlib turdi va Tolibon Muso Qal’a shahrini taxminan oʻn kun davomida nazorat qildi. Bu vaqtda Ittifoqchi kuchlar hujumni boshlash uchun hududda mustahkam oʻrnashib olishga harakat qilishdi.
Jang
Ittifoqchi qoʻshinlar oʻz hujumlarini dam olish kunlarida boshladilar. Toʻgʻon va uning atrofidagi infratuzilmaga zarar yetkazmaslik uchun hujumdan oldin bombardimon qilindi. Toʻgʻonning vayron boʻlishi har ikki tomon va afgʻon xalqi uchun ogʻir oqibatlarga olib kelgan boʻlardi[1]. Bu Tolibonning qochib ketayotganda uni yoʻq qilmaganining natijasi boʻlgan boʻlishi mumkin. Ittifoqchi qoʻshinlar toʻgʻon tomon harakatlanar ekan, avtomatlar, yengil va ogʻir qurollardan, shu jumladan RPG va bombalardan oʻqqa tutildi. Jang oxiriga kelib, ittifoqchi qoʻshinlarning soni koʻp boʻlsa-da, dushman taʼminotini toʻxtatish qobiliyati pasayib ketgan edi. Bu vaqtda Tolibon kuchlari jang maydonidan qochib qutula boshlagaydi.[1] Dushanba kuni erta tongda ittifoqchi kuchlar toʻgʻon va shahar oʻrtasida joylashgan Tolibon kuchlarini bombardimon qildi va Tolibon qoʻmondoni Mulla Mananni oʻldirdi. Bu oʻlim Tolibon uchun jiddiy oqibatlarga olib keldi. Tolibon kuchlari oʻrtasida tartibsizlik yuzaga kelib, koʻp oʻtmay ular shoshilinch chekinishdi. Polkovnik Tom Kollinzning ushbu iqtibosida Tolibonning chekinishi tasvirlangan:
Mazkur harakatlar davomida ... Tolibon ekstremistlari tirik qalqonlardan foydalanishgan. Xususan, mahalliy afg‘on bolalaridan hududdan chekinishda yashirinish uchun foydalanilgan,
— Polkovnik Tom Collins, NATO matbuot kotibi[1]
Oqibat
Tolibon hech qachon toʻgʻonni buzish niyatida boʻlmagan boʻlsa-da, ular baribir yarim kuydirilgan yer taktikasidan foydalanishdi. Ular NATOning oldinga siljishini kechiktirish uchun daladan qochib, toʻgʻonning koʻplab murakkab mexanik qismlarini yoʻq qilishdi yoki demontaj qilishdi[1]. Ushbu toʻgʻonni egallab olish va uni qayta ishga tushirish Ittifoqchi qoʻshinlar uchun katta ahamiyatga ega edi. Chunki mintaqa uchun juda zarur boʻlgan quvvatni tiklash ittifoqchi qoʻshinlar va afgʻon missiyasini mahalliy aholi tomonidan qoʻllab-quvvatlashga yordam berar va ularni energetika sektorida ish bilan taʼminlardi.
NATO janglarda hech qanday talofat ko‘rmagani va dushmanning talofotlari nomaʼlumligi haqida xabar berdi. Ular jang paytida va jangdan keyin o‘n nafar gumonlanuvchi qo‘lga olinganini aytishdi. NATO shuningdek, bu harakatda tinch aholi halok boʻlmaganini daʼvo qilgan (tirik qalqonlar qoʻllanilganini daʼvo qilganiga qaramay). Lekin bu daʼvolar mahalliy rahbarlar tomonidan rad etilgan.
Manbalar
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.