Kreking

Rus Krekingi

Kreking (ing. cracking — parchalanish) —neft yoki uning fraksiyasini destruktiv (strukturasini buzib) qayta ishlash jarayoni; ogir uglevodo-rodlar molekulalarining parchalanishi (ajralib chiqishi) va qayta joylashishiga asoslangan. Asosan motor yonilgʻisi, plastik massalar, tolalar, eritgichlar uchun kimyoviy xom ashyo olishda qoʻllanadi. K.ning 2 asosiy (termik va katalitik) turi bor. Term i k K. yuqori temperatura taʼsirida amalga oshadi; uning 3 ta: yuqori bosim ostida suyuq fazali (40—60 at. bosimda, 470 — 540° temperaturada), past bosim ostida yoki bug fazali (3 at., 500—550°), past bosim va yuqori temperaturada yoki piroliz (1 at., 650—750°) usullari bor. Katalitik K. bir vaqtda yuqori temperatura va katalizatorlar taʼsirida amalga oshiriladi. 1918-yilda N. D. Zelinskiy birinchi boʻlib katalitik K.ni tatbiq etgan. Katalizator sifatida alyuminiy-xlorid ishlatilgan. 1936-yilda fransuz muhandisi Ud-ri yangi texnologik sxema (katalizator — alyumosilikat) yaratgach, katalitik K. keng qoʻllanila boshladi. Bu esa oktan soni 80 — 85 boʻlgan yuqori sifatli aviatsiya benzini olishga imkon berdi. Neftning kerosin — gazoyl fraksiyasi xom ashyo boʻlib xizmat qildi. Katalitik K.lash 450—520° ga yaqin temperatura va 2—3 atm. bosimida amalga oshadi. K. suv bugʻi ishtirokida, vodorod bosimi ostida ham boradi (gidro kreki n g). Shuningdek, K. jarayonining borish sharoiti (temperatura, bosim) ga, xom ashyoning vazifasi va turiga, texnologik jiqozlanishiga bogʻliq boʻladi. Jarayonning borish sharoitiga qarab gaz, benzin bugʻi va ogʻir fraksiyalar (ligroinli, kerosinli, gazoylli, solyarli va qoldiq) dan tashkil topgan mahsulotlar aralashmasi hosil boʻladi. Zavonaviy K. koʻpgiva kimyoviy mahsulotlar (atsetilen, etilen, benzol, ksilollar, vaftalin va boshqalar), shuningdek, qayta ishlanayotgan mahsulot massasiga nisbatan 70% gacha benzin olishga imkon beradi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.