Koʻmir

Koʻmir

Koʻmir — yonuvchi organik togʻ jinslariga mansub modda (qarang Toshkoʻmir, Qoʻngʻir koʻmir).[1] Soʻz eski Turkiy tildagi köñ — (kuymoq, yonmoq) feʼliga qoʻshilgan — mur qoʻshimchasidan yaralgan.

Koʻmir Yer shari taraqqiyotining turli davrlarida hosil boʻlgan. Koʻmir paydo boʻlishining eng uzoq davom etgan bosqichi bundan 250 000 000 yil ilgari boshlangan va taxminan 35 000 000 yil davom etgan Pensilvan davriga toʻgʻri keladi. Yer ostidagi koʻmirning qolgan qismi bir million yildan 100 million yilgacha mu-qaddam shakllangan. U davrlar qanday voqea-hodisalar roʻy bergan va koʻmir qanday hosil boʻlgan? Koʻmir Yer qobigʻida togʻ jinslari orasida uzunligi bir necha kilometrgacha va qalinligi uch metrgacha boʻlgan qatlam holida joylashgan. Koʻmir changalzor bot-qoqlarda, issiq namxush iqlim sharoitida bundan yuzlab million yillar ilgari oʻsgan qadimgi daraxtlar va oʻsimliklarning qoldiqlaridan vujudga kelgan. Bunday botqoqlarda tez oʻsuvchan qamishlar va bahaybat qomatli paporotniklar govlab oʻsgan. Bir zamonlarga kelib, ular halokatga yuz tutgan va botqoqlar qaʼriga choʻkkan. Bu ularni chirib ketishdan saqlab qolgan. Bakteriyalar daraxtlarning ayrim qismlarini qayta ishlagan, ulardan paydo boʻlgan gaz havoga uchgan. Daraxtlarning asosan ugleroddan iborat qora kuyindi qismi ajralib qolgan. Keyinchalik xuddi shu qism koʻmir qatlamiga aylangan.

Daraxtlarning qora kuyindi qismi ustida gʻovlab-gurkirab oʻsgan giyohlar dunyosi bu qatlamlarning qalinligini bir necha metrgacha koʻtarilishiga sabab boʻlgan. Oxir-oqibatda botqoq joylarni suv bosgach, bu jarayon toʻxtaydi. Natijada koʻmir qatlamlarini suvosti choʻkmalari va qum qoplagan. Payti kelib, yuqori qatlamlarning zilday bosimi ostida qatlamlar bagʻridagi suyuqlik siqib chiqarilib, qotishqoq massaning oʻzi qolgan va u asta-sekin sovub, koʻmirga aylangan. Ayrim oʻrinlarda bu jarayon bir necha marta takrorlangan. Qoldiqlardan hosil boʻlgan qachlarni suv bosib, tagʻin botqoqliklar tugʻilgan. Tagʻin oʻsimlikar dunyosi paydo boʻlgan va yana suv ostida qolgan. Shu tariqa qattiq qotishma holidagi choʻkindi va qum bosqinlari bilan ajralgan koʻmir qatlamlari yaralavergan. Daraxtning koʻmirga aylanishi uchun necha ming yillar talab qilinadi. Koʻmir daraxtdan paydo boʻlganligi oson tasdiqlanadi. Koʻmirning bagʻrida paporotnik, daraxt qobiqlari, shuningdek toshga aylangan daraxt tanalari va toʻnkalarining asorati saqlanib qolganini aniq-tiniq kuzatish mumkin.

Germaniyaning Garzvayler shahridagi ochiq koʻmir koni. Yuqori aniqlikdagi panorama.

Yana q.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.