Korsika
|
| |
| Geografiya | |
|---|---|
| Maydoni | 8680 km2 |
| Dengiz sathidan balandligi | m. |
| Eng baland nuqtasi | Monte Cinto |
| Ma'muriyat | |
| Davlat | Fransiya |
| Mintaqa | metropolitan France |
| Demografiya | |
| Aholisi | 355 486 |
| Qo'shimcha ma'lumot | |
Korsika — Oʻrta dengizning shimolidagi qismidagi orol. Uzunligi 183 km, kengligi 85 km. Maydoni 8,7 ming km². Qirgʻoqlari gʻarbida tik va qoyali, kuchli parchalangan, qoʻltiq koʻp, sharqida tekis, past va kam parchalangan. Korsika, asosan, granit va gilli slanetslardan tuzilgan. Relyefi togʻli, eng baland joyi 2710 m (MonSento choʻqqisi). Iqlimi oʻrta dengiz iqlimi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 12—13°, iyulniki 24—26°, yillik yogʻin tekisliklarda 600 mm dan, togʻlarda 1200 mm gacha. Daryolari qisqa, yozda suvi kamayib, baʼzan qurib qoladi. Makvis va doim yashil butazorlar, dub, qaragʻay, qoraqaragʻay oʻrmonlari, togʻ tepalarida subalp va alp oʻtloqlari bor. Sohil va vodiylarda subtropik dehqonchilik qilinadi. Tokchilik, bogʻdorchilik rivojlangan, togʻ yon bagʻirlarida donli ekinlar yetishtiriladi. Chorvachilikda qoʻy, echki, yilqi boqiladi. Baliq ovlanadi. Turizm rivojlangan. Bosh shahri — Ayachcho. Qadimda Korsikada iberi va liguri qabilalari yashagan. Miloddan avvalgi III asrda Rim, milodiy 6—8 asrlarda Vizantiya, IX asrda arablar egallagan. XI asrda Piza, 1347—1764-yillarda Genuya, 1768-yildan Fransiya tarkibida. Korsikada Napoleon Bonapart tugʻilgan.[1]
Manbalar
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.