Koriz

Koriz (fors.) — yer osti suvlarini yigʻish va ularni yer yuzasiga chiqarish uchun quriladigan yer osti inshooti; aholini suv bilan taʼminlash va sugʻorish maqsadlarida qoʻllanadi. K. Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyoda tarqalgan. Oʻrta Osiyoning togʻli va togʻ oldi zonalarida uchraydi. Turkmaniston (Ashxobod shahri yaqinida chuq. 100 m, suv sarfi 150—225 l/s), Oʻzbekistonning Buxoro, Samarqand, Navoiy viloyatlarida 200 ga yaqin K. qazilgan. XX asrning 20-yillariga qadar Oʻrta Osiyoda K. suvlaridan ekinlarni sugʻorishda foydalanilgan. K. kavlash yer osti suvlari sathida roʻy beradigan oʻzgarishlar va joy relyefidagi nishablikni aniq belgilashni talab etgan. Bu maxsus asboblar (astrolyabiya, vaterpas) vositasida amalga oshirilgan. K. trassasi belgilab chiqilgach, shu trassa boʻylab har 5–40 m da quduqlar kavlangan. Quduqlarning chuq. 14–15 m danbaʼzan 60–70 m gacha borgan. Quduqlar suvli qatlamga tutashadigan lahim (tunnel) orqali bir-biriga birlashtirilgan. Lahimning balandligi 1,5 m, eni 1 m boʻlib, devorlari yogʻoch yoki toshlar bilan mustahkamlangan, uzunligi joy nishabligiga qarab bir necha km gacha choʻzilgan. Mas, Nurota (Navoiy viloyati)dagi "Maston" nomli K.ning 280 qudugʻi boʻlib, bosh qudugʻining chuq. 14 m va lahimning oʻz. 3 km boʻlgan. K. qurilishi davrida bu quduqlar tuproq-shagʻalni chiqarib tashlashga, K.ni ishlatish davrida esa kuzatish (nazorat), tiklash, tuzatish va havo almashtirish uchun xizmat qiladi.

Oʻrta hisobda 1 m uzunlikdagi suv yigʻuvchi quduq 0,3—0,6 l/s suv beradi. K. kavlashda bir qancha korizchi jamoalar oylab va yillab lahim hamda quduqlar qazib, minglab kubometr tuproq va shagʻal qazib chiqargan. Nurotada qadimgi K.lardan koʻpi koʻmilib ketgan. Mastak, Zulm, Zulfiqor, Mozor, Xayrobod, Sulton, Maston, Koʻnchi, Begli, Tayla, Korizchi singari 30 dan ortiq K. boʻlgan. Ayrim K.larning nomidan ularning qazilish tarixi, yili chiqadi. Mas, Zulm K.ning nomidagi harflar yigʻindisidan abjad hisobida hijriy 970— milodiy 1533—1534-yillar va Zulfiqor K.dan hijriy 1118— milodiy 1706 yoki 1707-yil raqamlari chiqadi.

Masharif Boqiyev.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.