Komyob

Komyob (taxallusi; asl ism-sharifi Sayyid Homid ibn Sayyid Muhammad) (1862.2.9 — Xiva — 1922) — shoir, tarixchi. Otadan yosh yetim qolib, Feroʻz tarbiyasida oʻsgan. Xivadagi madrasada tahsil koʻrgan. K. yoshligidan oʻzbek va fors tillarida sheʼrlar yozgan. Keyinchalik Navoiy, Jomiy, Munis, Ogahiy, Feroʻz, Miskin kabi shoirlarning sheʼrlariga taxmislar bogʻlagan, oʻzi ham koʻplab gʻazal, muhammas, musaddas, murabbaʼ, mustazod, chistonlar yozib, zamonasining taniqli shoiri darajasiga koʻtarilgan. K.ning 2 qismdan iborat sheʼriy devoni bizgacha yetib kelgan ("Tumor ul-oshiqin", "Anis ul-oshiqin"). Mazkur devonda 3 mingdan ziyod misrani tashkil etgan sheʼrlar toʻplangan. Ularda vatanga muhabbat, in-soniy komillik, hayotni sevish gʻoyalari tarannum etilgan.

K.ning "Tarix ul-havonin" ("Xonlar tarixi"), "Muntaxab ul-vaqoye" ("Voqealar toʻplami") nasriy hamda "Xorazm mamolikinda falak hodisasidin voqea ajoyibi zuhur marhalasigʻa kelgonining zikri" nomli esdalik asari ham bor. "Tarix ul-havonin"da Xivaning birinchi xoni yashagan davrdan rus bosqinigacha boʻlgan davr qalamga olingan. "Muntaxab ul-vaqoye"da xonlikdagi madaniy, ijtimoiy-siyosiy, tarixiy, adabiy jarayon toʻgʻrisidagi muhim voqealar, esdaliklarida esa XIX asr oxirida roʻy bergan tabiat hodisalari, turli xil gʻaroyib voqealar jamlangan.

K.ning lirik devonining 4 qoʻlyozma nusxasi, "Tarix ul-havonin", "Muntaxab ul-vaqoye" asarlari va esdalik asari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida (inv. №2627, №3730/ IV, №1257, №1005, №7717, №853/ 111, №3730/1, №3730/111), lirik devonining yana bir nusxasi Rossiya Fanlar akademiyasining Moskvadagi Sharqshunoslik instituti fondida (inv. №2324, №1513) saqlanadi.

Adabiyot

  • D avl atyor Rahim, Shihnazar Matrasul, Feroʻz — shoh va shoir qismati, T., 1991[1].

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.