Komik

Komik — hajviy rollar ijro etuvchi aktyor; sahna ampluasi. K. xalq maydon teatrida markaziy ijrochi hisoblanib, xalq yumori va teran fikrlarini tarqatib yuradi. Mubolagʻa ishla-tib qahramonini koʻproq kulgili qilib koʻrsatadi.

Uygʻonish davri teatrida, ayniqsa, U. Shekspir asarlari (mas, "Qirol Lir")da K. rollar (ijrochisi mashara deyiladigan) falsafiy va dramatik mazmun bilan boyitilgan. Klassitsizm K.ni tragediya (fojia) janridan chetlashtirdi. Lekin J. Molyerning asarlari (mas, "Skapen nayranglari")da xalqning aql-zakovatini ifodalovchi, xushchaqchaq qaxramonlar (Skapen va boshqalar) hukmron tabaqalarning kirdikorlarini satira, yumor elementlari orqali fosh qilganlar. Asta-sekin K.ning vazifa va vositalari oʻzgarib, boyib borgan. XIX asr teatrida ijtimoiy satira vazifasi va ayni vaqtda ilgʻor dramadagi insonparvarlik tendensiyalarni ochib berish K. zimmasiga yuklatilgan. Ayniqsa, XX asrda K. sanʼati mazmunan boyib, qayotiylik, chuqur psixologik ijro bilan bir qatorda xalq teatri anʼanalari asosida boyib bordi.

K. ampluasi oʻzbek anʼanaviy teatri (masharabozlik, qiziqchilik, qoʻgʻirchoqbozlik) tomoshalarida qadimdan mavjud boʻlgan. Oʻzbek aktyorlik sanʼati hajv va hazil yoʻnalishida rivojlangan. Zokir eshon, Komilqori qiziq, Toʻla mashara, Normat qiziq, Matxolik qiziq, Mizrob mashara, Oxunjon qiziq, Yusufjon qiziq kabi yirik K. aktyorlar ijod qilganlar. Keyinchalik M.Mirokilov, H.Islomov, R.Pirmuhamedov, S.Xoʻjayev, Gʻ.Aʼzamov va boshqa xalq masharabozlik sanʼati tajribalariga suyangan holda oʻz ijro uslublarini yaratganlar. Hozirgi kunda ularning anʼanalarini ʼ B.Ixtiyorov, E.Karimov, H.Tojiboyev, O.Asomov, M.Xolmedov, B.Muhammadxujayev qabilar davom ettirmoqdalar.

Ad. : K, o d i r o v M., Masharaboz va qiziqchilar sanʼati, T., 1971.

Muhsin Qodirov.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.