Kolit

Kolit (lotincha: colitis; grekcha: kolonyoʻgʻon ichak), qoʻlunj — yoʻgʻon ichakning yalligʻlanishi. Koʻpincha yuqumli kasalliklar (dizenteriya, paratif), shuningdek, ovqat mahsulotlaridan zaharlanganda, ichak faoliyatining nerv orqali boshqarilishi izdan chiqqanda, baʼzan gijjalar taʼsirida kelib chiqadi. Uning ikki turi farqlanadi: O'tkir va surunkali kolit. Kolitga sanoatda ishlatiladigan zaharli moddalar (simob, margimush, sulema, organik moddalar), baʼzi kasalliklarda organizmda hosil boʻladigan toksinlar (intoksikatsion Kolit) sabab boʻladi. Antibiotiklar va boshqa dorilarni nazoratsiz qabul qilish oqibatida ham Kolit yuzaga keladi. Oʻtkir va surunkali Kolit farq "qilinadi. Oʻtkir Kolit toʻsatdan boshlanadi, qorin dam boʻladi va toʻtibtutib ogʻriydi, ich ketadi, u, koʻpincha, shilliq, yiring yoki qon aralash, achimsiq hidli boʻladi. Kolitning infeksion xilida bemor darmonsizlanadi, ogʻzi quriydi, koʻngli ayniydi, harorati 39-40° gacha koʻtariladi. Oʻtkir Kolit oʻz vaqtida qunt bilan davolatilmasa, surunkali Kolitga aylanadi. Surunkali Kolitda kasallik dam zoʻrayib, dam pasayib turadi. Kasallikning zoʻrayishiga yoʻgʻon ichakka taʼsir qiluvchi taomlar (toʻzlamalar, achchiq va nordon narsalar) isteʼmol qilish, jismoniy va ruhiy toliqish, hayajonlanish, quyosh tigʻida turib qolish, badanning qizib ketishi, ovqat hazm qilish yoʻllari boshqa kasalliklarining avj olishi sabab boʻladi. Bunda suyuq ich ketishi qabziyat bilan almashinib turadi, axlat bilan koʻp miqdorda shilimshiq ajralib chiqadi. Bemorning ishtahasi yoʻqoladi, holsizlanadi va salga toliqadi, ozib ketadi, vitamin yetishmovchiligi va boshqa holatlar kuzatiladi. Yoʻgʻon ichakda yuza-kataral yalligʻlanishdan to yarali yalligʻlanishgacha boʻlgan oʻzgarishlar kuzatiladi. Kasallikning oldini olishda ichak infeksiyasini bartaraf etish, ovqatlanishni maromida olib borish, shuningdek, ichak kasalliklarini oʻz vaqtida davolatish muhim. Meʼda-ichak shillik qavatiga taʼsir etuvchi zaharli moddalar (masalan, qoʻrgʻoshin) bilan ishlaganda xavfsizlik texnikasi qoidalariga toʻla amal qilish va vaqt-vaqti bilan vrach nazoratidan oʻtib turish kerak. D a v o s i . Kasallikning turi va kechishiga qarab davo buyuriladi. Parxez taomlar, doridarmonlar, fizioterapiya, meʼda-ichak kasalliklariga ixtisoslashgan davolanish maskanlaridan foydalanish tavsiya etiladi[1].

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.