Kista

Kista (yunoncha: kistis — pufak) — turli aʼzo va toʻqimalarda vujudga keladigan, qalin devor bilan oʻralgan va ichida suyuq yoki boʻtqasimon massasi boʻlgan patologik boʻshliq. K., koʻpincha, tuxumdonda, turli qavatlarda, jigar, buyrak, oʻpka, hatto bosh miyada uchrashi mumkin. Bezli aʼzolar sekret chiqaruv yoʻllarining berkilib qolishi natijasida kelib chiqadigan dimlanish K.si (retension K.); toʻqimalar shakllanishining buzilishi oqibatida paydo boʻladigan tugʻma K. (oʻpka, jigar, buyrak va boshqalarda); tomir yoki bez oʻsmasidan iborat boʻlib, ichiga suv toʻplanishi tufayli K.ga aylanadigan oʻsmasimon K. (kavernoz angioma); shikastlanish natijasida epiteliy siljishi va tagidagi toʻqimaga kirishidan hosil boʻladigan travmatik K. (mas, koʻz rangdor pardasi K.si), shuningdek, gijjalar (exionokokk sistitserk)ning toʻqima va aʼzolarga joylashib olishidan vujudga keladigan parazitar K. va boshqa xil K.lar bor.

Tuxumdon K.si koʻp uchraydi. U xavfsiz oʻsma boʻlib, Graaf pufakchalari yorilmay qolishi sababli follikul devorlari sekin-asta kengayib, unda suyuqlik toʻplanishi natijasida vujudga keladi. Pufakchalarda band (oyoqcha) boʻlib, agar u buralib qolsa, qorin toʻsatdan qattiq ogʻriydi. K. yongʻoqdek, baʼzan olmaday boʻlishi mumkin. K.si bor ayol muntazam vrach nazoratida turishi lozim. K. yiringlashi, atrofidagi toʻqimalarni siqib qoʻyishi yoki xavfli oʻsmaga aylanishi mumkin. Dori-darmonlar bilan K.ni yoʻqotib boʻlmasa, operatsiya qilib olib tashlanadi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.