Kigiz

Kigiz, namat — 1) uy jihozi; kigizchilikda jundan bosib tayyorlanadigan qalin, pishiq toʻshama, palos. Sharqda, xususan, Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda qadimdan maʼlum. Aksariyat chorvachilik rivojlangan mintaqalarda qoʻyning junidan bosiladi. Guldor (naqsh mujassamoti yulduz, romb, qoʻchqor shoxi, bulut va b.) va gulsiz sidirgʻa, ran giga koʻra, oq kigiz, qora kigiz, qizgʻish kigiz va hokazo xillari boʻladi. Ayniqsa, qalin va zich bosilgan oq kigiz qadrlangan. Kigizdan, asosan, toʻshama sifatida (gilam, palos oʻrnida) foydalaniladi. Yana, shuningdek, oʻtovlarni oʻrashda, qalpoq, telpak tikishda mayu oʻrnida ham ishlatiladi; 2) texnikada — qistirma, zichlagich, issiqlik va tovush izolyasiya materiali. Jundan, moʻyna chiqindilarini bosib yoki mineral paxta bilan bogʻlovchi modda (bitum) ni biriktirib va issiqlik ishlovi berib hosil qilinadi. Lenta, plastina, tayyor detal koʻrinishida ishlab chiqariladi. Kigizdan avtomobillar, traktorlar, samolyotlar uchun salniklar, qistirmalar, amortizatorlar tayyorlanadi. Qog‘oz mashinalari, musiqa asboblarida ishlatiladi; 3) qurilishda issiqlik va tovush oʻtkazmaydigan material sifatida devorlar orasiga qoʻyiladi, quvurlar oʻraladi.

Adabiyotlar


Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.