Kibernetika

Kibernetika (yun. kybernetile - boshqarish sanʼati) — axborotni qabul qilish, saqlash, uni qayta ishlash hamda undan turli jarayonlarni boshqarishda foydalanish bilan shugʻullanadigan fan. Avtomatik boshqarish, hisoblash texnikasi, neyrofiziologiya va matematik mantiklarning nazariya hamda amaliyotlarining rivojlanish natijalari sifatida vujudga kelgan. K.ning texnik asosini elektron hisoblash mashinalari (EHM) tashkil qiladi. Ular inson tafakkuriga oid masalalarni hal qilishga keng imkoniyatlar ochib beradi. "Kibernetika" terminini birinchi marta yunon faylasufi Platon tilga olgan. 17-asrdayoq B. Paskal (Fransiya) oddiy mexaniq arifmometrni ixtiro qilgan edi. Faqat 19-asrga kelib, Ch. Bebbij (Angliya) hozirgi zamon EHM ga oʻxshash raqamli avtomatik hisoblash mashinasi yaratishga urinib koʻrdi. 20-asr boshida elektromexaniq analitik-hisoblash mashinasi yaratildi. 1938 yilda K. Shennon (AQSH), 1941 yilda V.I.Shestakov (Rossiya) mantiqiy matematik apparatning rele kontakt sxemasidan sintez va analiz uchun foydalanish mumkinligini koʻrsatishdi. Shular asosida avtomatlar nazariyasi rivojlana boshladi. 20-asr 40-y.larida J. Fon Neyman (Germaniya) va b. tomonidan yaratilgan EHM K.ning shakllanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻldi. Bularning hammasini umumlashtirib, N.Viner (AQSH) oʻzining , "Kibernetika" kitobini yozdi (1947). U K.ni "tirik mavjudot va mashinadagi aloqalar hamda boshqarish haqidagi fan" deb atashni tavsiya qildi. Zamonaviy K. bir qator mustaqil ilmiy yoʻnalishlarga ega boʻlgan boʻlimlardan iborat. K.ning nazariy oʻzagi: informatsiya (axborot), kodlash, algoritmlash, avtomatlar, umumiy va muqobil tizimlar, qiyofalarni aniqlash, formal tillar nazariyalari. Bu yoʻnalishlar natijasida K. keng koʻlamda qoʻllanila boshlab iqtisodiy K., biologik K., tibbiyot K.si, texnik K., matematik lingvistika va b. mustaqil ilmiy sohalar vujudga keldi. K.ning shakllanishida matematika va fizika muvaffaqiyatlari, ishlab chiqaruvchi kuchlarning taraqqiyot etishi va i. ch.ni avtomatlashtirishning zarurligi asosiy om il boʻldi.

K., asosan, kibernetik tizimlar bilan shugʻullanadi. Kibernetik tizimlarga texnikadagi turli rostlagichlar (mas, avtopilot, uy haroratini bir-xil saqlab turadigan rostlagich), EHM, kompyuter, inson miyasi, kishilik jamiyati misol boʻladi. Kibernetik tizimlar bir-biridan ularda harakatlanuvchi signallar oqimining tabiatiga qarab farq qiladi. Agar signallar tizimning hamma elementlariga oʻxshab uzluksiz parametrlar bilan berilsa, bunday tizim uzluksiz, uzlukli parametrlar bilan berilsa uzlukli deb ataladi. Kibernetik tizimning uzlukli yoki uzluksiz boʻlishi ularning tadqiqotida qoʻllaniladigan matematik apparatga bogʻliq. Chunki uzluksiz tizimlarda bunday apparat vazifasini oddiy differensial tenglamalar tizimi nazariyasi, uzluklida esa algoritmlar va avtomatlar nazariyasi bajaradi. Kibernetik tizimning murakkabligi 2 koʻrsatkich: yaʼni tizimning oʻlchamliligi (parametrlarning soni) va tizim elementlarining oʻzaro bogʻlangan umumiy soni bilan belgilanadi. Murakkab kibernetik tizimlar biror yoʻsinda axborotlarni toʻplash va shoʻnga monand ravishda harakat bajarish (axborotni oʻzgartirish) xususiyatiga ega. Yaʼni yangi elementlar paydo boʻlganda oʻz strukturasini oʻzgartirish va eskisini oʻchirish, shuningdek, elementlar orasidagi bogʻlanishni oʻzgartirishi mumkin. Kibernetik tizimlarning odam miyasiga oʻxshash bunday xususiyati, baʼzan, xotira deb ataladi. Jonli va jonsiz tabiatning turli obyektlarini oʻrganishdagi kibernetik yondoshishda ular axborotlarni oʻzgartkichlar sifatida qaraladi. Axborotni murakkab texnik oʻzgartkichlaridan biri EHM hisoblanadi. Zamonaviy EHM ning strukturasi inson miyasi strukturasidan tubdan farq qilsa ham, faqat shu strukturalarga xos muhim xususiyatga ega: ular axborotlarning universal oʻzgartkichlari hisoblanadi. Bu esa har qanday boshqa kibernetik tizimning strukturasini xotirada saqlab prinsip jihatdan axborotlarni oʻzgartkich sifatida uning funksiyasini bajara oladi. EHM ning ana shu xususiyati ularning asosiy texnik vosita ekanligini bildiradi va ular yordamida K. istalgan tabiatdagi kibernetik tizimni modellaydi va uni oʻrganadi. Kibernetik tizimni boshqarishda oʻzaro taʼsirlashuvchi ikki obyekt — boshqarish obyekti va boshkaruvchi tizim mavjud. Boshqaruvchi tizim toʻgʻri aloqa kanalidan bir necha effektor (ijro etuvchi mexanizm) vositasida boshqarish obyektiga taʼsir uzatadi. Boshqarish obyektining holati haqidagi axborot retseptor (datchik) yordamida qabul qilinadi va teskari aloqa kanalidan boshqaruvchi sistemaga uzatiladi. Boshqarish tizimining vazifasi u yoki bu boshqarish maqsadlariga erishishni taʼminlaydigan boshqaruv taʼsirini uzatishdan iborat. Bu maqsadlarning tasnifiga muvofiq boshqarishning turli xili vujudga keladi.

K. asosida axborot tushunchasi yotadi. Axborotni qabul qilish, saqlash, uzatish va tiklash protsesslari K.da aloqa deb, qabul qilingan axborotni mashinalarning ishi va tirik organizmlarning faoliyatini yoʻlga solib turish uchun kayta ishlash boshqarish deb ataladi. Agar mashina ishi yoki tirik organizm faoliyatining natijalari haqidagi axborotni qabul qilish va undan foydalanish mumkin boʻlsa, ular teskari aloqa deb, bunday axborotni mashina yoki tirik organizmning ishiga tuzatish kiritish uchun qaytaishlash nazorat yokirostlash deb ataladi.

Axborotlarni bir koʻrinishdan ikkinchi koʻrinishga oʻtkazish usullari, ularni turli kanallar (telefon va telegraf simlari, radiotoʻlqinlar va b.) orqali aniq buzmasdan oʻtkazish masalalari informatsiyalar nazariyasi (axborotlar nazariyasi)da oʻrganiladi. Bunda bir koddan ikkinchisiga oʻtish muhim oʻrin tutadi. Ikkinchi katta masala — axborotni qayta ishlash va uning vositalari masalasi. Axborotni qayta ishlaydigan kuchli vosita — EHM, Kompyuter. Hozirgi zamon K.si avtomatikani rivojlantirishning nazariy asosi hisoblanadi.

Axborotlarni mashina yordamida kayta ishlashda matematika asosiy oʻrinni egallaydi. K.ning muhim yutuqlaridan biri matematik modellashtirish degan yangi usulni ishlab chiqish va undan unumli foydalanish boʻldi. Bu usulda tajribalar oʻrganilayotgan hakiqiy obyekt ustida emas, balki uning matematik modeli ustida oʻtkaziladi. Biologiya, iqtisodiy texnika va b. sohalariga oid boshqarish masalalarini mashinalarda hal kilishdan avval bularga xos jarayonlarning matematik modelini tuzib olinadi, yaʼni jarayonni koʻrsatuvchi ifodalar — tengeizliklar tuziladi. Matematik model oʻtkaziladigan tajribalar dasturi bilan EHM ning xotirasiga joylashtiriladi va shu asosda tajribalar oʻtkaziladi. Bunda matematikaning analiz, statistika va b. sohalaridan foydalaniladi. Kibernetik tadqiqot ususllarining turli xil texnik tizimlarda qullanishi texnik kibernetika fan yoʻnalishini vujudga keltirdi. Shoʻnga oʻxshash iqtisodiy K., biologik K., tibbiy K. va b. yoʻnalishlar ham paydo boʻldi va muvaffaqiyatli rivojlanmoqsa K. murakkab texnologik jarayonlarni, korxonalarni, xalq xoʻjalik tarmoqlarini va avtomatik boshqarish tizimi uchun nazariy baza hisoblanadi. Avtomatik boshqarish bilan bir qatorda loyihalash-konstruktorlik tadqiqotlari va ilmiy tajribalar oʻtkazish, murakkab obyektlarni sinash va b.da, informatikada K.ning alohida oʻrni bor.

Oʻzbekistonda K.ni rivojlantirishda akad. V. Q. Qobulov boshliq olimlarning hissalari katta. "Kibernetika" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi jamoasi respublika miqyosida i. ch.ning barcha sohalarida muhim iqtisodiy masalalarni hal qilmoqda.

Adabiyot

  • Glushkov V.M., Vvedeniye v kibernetiku, Kiyev, 1964; Viner N., Kibernetika, 2 izd., Per. angl., M, 1968Vosil Qobulov, Erkin Yoqubov.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Read other articles:

العلاقات الأفغانية المالديفية أفغانستان جزر المالديف   أفغانستان   المالديف تعديل مصدري - تعديل   العلاقات الأفغانية المالديفية هي العلاقات الثنائية التي تجمع بين أفغانستان والمالديف.[1][2][3][4][5] مقارنة بين البلدين هذه مقارنة عامة ومرجعية �...

Carol Eckman AwardAwarded forcoach who best demonstrates the character of the late Carol EckmanCountryUnited StatesPresented byWomen's Basketball Coaches Association (WBCA)First awarded1986Currently held byCoquese Washington, RutgersWebsiteOfficial site The Carol Eckman Award is an award given annually since 1986 to the women's college basketball coach that best demonstrates the character of the late Carol Eckman, the mother of the collegiate women's basketball national championship. Given by...

1016 Pedati Prumpung Halte TransjakartaLetakKotaJakarta TimurDesa/kelurahanRawa Bunga, JatinegaraKodepos13350AlamatJalan Mayjen DI PandjaitanKoordinat6°13′14″S 106°52′28″E / 6.2206°S 106.8744°E / -6.2206; 106.8744Koordinat: 6°13′14″S 106°52′28″E / 6.2206°S 106.8744°E / -6.2206; 106.8744Desain HalteStruktur BRT, median jalan bebas 1 tengah Pintu masukMelalui jembatan penyeberangan di Jalan Mayjen DI PanjaitanGerbang t...

Este artigo ou secção contém uma lista de referências no fim do texto, mas as suas fontes não são claras porque não são citadas no corpo do artigo, o que compromete a confiabilidade das informações. Ajude a melhorar este artigo inserindo citações no corpo do artigo. (Abril de 2013) Édouard Dujardin Édouard DujardinRetrat d'Édouard Dujardin per Félix Vallotton Nascimento 10 de novembro de 1861Saint-Gervais-la-Forêt Morte 31 de outubro de 1949 (87 anos)Paris Cidadania França A...

Опис файлу Опис Постер до фільму «Загадай бажання» Джерело Wish Upon a Star.jpg (англ. вікі) Час створення 1996 Автор зображення Авторські права належать дистриб'ютору, видавцю фільму або художнику цього постера. Ліцензія див. нижче Обґрунтування добропорядного використання для&...

Модель-макет «Тяньгуна-2» (праворуч) з пристикованим пілотованим кораблем «Шеньчжоу» (ліворуч)Тяньгун-2 (кит. 天宫二号, дослівно «небесний палац» або «небесна світлиця») — друга китайська пілотована орбітальна станція Проекту 921-2, яку називають космічна лабораторія. �...

أفقرة موقع محافظة الدوادمي بالنسبة لمنطقة الرياض تقسيم إداري البلد  السعودية التقسيم الأعلى منطقة الرياض  السكان التعداد السكاني غير معروف نسمة (إحصاء ) تعديل مصدري - تعديل   أفقرة، هي قرية من فئة (ب) تقع في محافظة الدوادمي، والتابعة لمنطقة الرياض في السعودية. وتبعد �...

2000 United States Supreme Court caseBoy Scouts of America et al. v. DaleSupreme Court of the United StatesArgued April 26, 2000Decided June 28, 2000Full case nameBoy Scouts of America and Monmouth Council, et al., Petitioners v. James DaleCitations530 U.S. 640 (more)120 S. Ct. 2446, 147 L. Ed. 2d 554, 2000 U.S. LEXIS 4487Case historyPrior160 N.J. 562, 734 A.2d 1196, reversed and remandedHoldingA private organization is allowed, under certain criteria, to exclude a person from membership thro...

This article is about the colonial governors of Florida (before statehood). For governors of the State of Florida, see List of governors of Florida. The colonial governors of Florida governed Florida during its colonial period (before 1821). The first European known to arrive there was Juan Ponce de León in 1513, but the governorship did not begin until 1565, when Pedro Menéndez de Avilés founded St. Augustine and was declared Governor and Adelantado of Florida.[1][2] This ...

Event at the 2020 Summer Paralympics Swimming at the2020 Summer ParalympicsFreestyle50 mmenwomen100 mmenwomen200 mmenwomen400 mmenwomenBackstroke50 mmenwomen100 mmenwomenBreaststroke50 mmenwomen100 mmenwomenButterfly50 mmenwomen100 mmenwomenIndividual medley150 mmenwomen200 mmenwomenRelaysfreestylemedleyvte The Men's 150 metre individual medley swimming events for the 2020 Summer Paralympics took place at the Tokyo Aquatics Centre on August 28, 2021.[1] Athletes swim three 50 metre la...

Building method that uses bales of straw An upscale use of straw bale insulation combined with energy-efficient passive features[1] Straw bale construction project in Willits, California Example of SMS Straw Bale Home Exterior view of straw bale library in Mattawa, Washington taken in 2008 (constructed 2002 by IronStraw Group) Straw-bale construction is a building method that uses bales of straw (commonly wheat, rice, rye and oats straw) as structural elements, building insulation, or...

For other novels, see Redemption (disambiguation) § Literature. Redemption Book cover for the hardcover first edition of the novelAuthorHoward FastCountryUnited StatesLanguageEnglishGenreRomance, Legal drama novelPublisherHarcourt Brace & CompanyPublication dateJuly 1999Media typePrint (Hardback & Paperback)Pages288 pp (first edition, hardback)ISBN0-15-100455-2 (first edition, hardback)OCLC39728002Dewey Decimal813/.52 21LC ClassPS3511.A784 R44 1999 Redemption is a 1999...

Meeting of Australian Aboriginal peoples This article is about a meeting or ceremony of Aboriginal Australian peoples. For other uses, see Corroboree (disambiguation). WR Thomas, A South Australian Corroboree, 1864, Art Gallery of South Australia A corroboree is a generic word for a meeting of Australian Aboriginal peoples. It may be a sacred ceremony, a festive celebration, or of a warlike character. A word coined by the first British settlers in the Sydney area from a word in the local Dhar...

Не следует путать с Протекторатом Аден. Бывшая коронная колония ВеликобританииАденская колонияангл. Aden Colony Движение на улицах Адена. Конец 1930-х годов. Флаг Адена Флаг Адена Гимн: Боже, храни Королеву!Девиз: Бог и моё право Произношение англ.  названия [eɪdən]   ара�...

FXS

FXS (англ. Foreign Exchange Station или Subscriber) — голосовой интерфейс или порт, эмулирующий расширение интерфейса АТС, для подключения обычного аналогового телефона к мультиплексору, где используется порт FXO. Порт FXS используется также для подключения к АТС в сети оператора телефон�...

American professional wrestler and football player (born 1984) For the female professional wrestler who also competed as Moose, see Mickie Knuckles. MooseMoose in July 2019BornQuinn O. Ojinnaka[1] (1984-04-23) April 23, 1984 (age 39)Seabrook, Maryland, U.S.[2]Alma materSyracuse UniversityProfessional wrestling careerRing name(s)Moose[3][1]Moose Ojinnaka[1][2]Billed height6 ft 5 in (1.96 m)[3][1]Billed wei...

1953 film by Hugo Fregonese Blowing WildTheatrical release posterDirected byHugo FregoneseWritten byPhilip YordanProduced byMilton SperlingStarringGary CooperBarbara StanwyckRuth RomanAnthony QuinnCinematographySidney HickoxEdited byAlan Crosland Jr.Music byDimitri TiomkinColor processBlack and whiteProductioncompanyUnited States PicturesDistributed byWarner Bros.Release dates September 16, 1953 (1953-09-16) (San Antonio, Texas) October 7, 1953 (1953-10-07)&#...

Disambiguazione – Se stai cercando i modelli della BMW Serie 3 (dal 1975), che ne riprendono la denominazione, vedi BMW Serie 3. BMW 320Descrizione generaleCostruttore  BMW Tipo principaleberlina Altre versionicabriolet Produzionedal 1937 al 1938 Sostituisce laBMW 319 Sostituita daBMW 321 Esemplari prodotti4.240[1] Altre caratteristicheDimensioni e massaLunghezza4.500 mm Larghezza1.540 mm Altezza1.580 mm Passo2.750 mm Massa1.000 kg AltroStilePetre ...

Indonesian replica ship Samudra Raksa viewed from the front History NameSamudra Raksa, Samudraraksa, Lallai Beke Ellau Launched2003 General characteristics TypeReplica ship Length19 metres (62.34 ft) Beam4.25 metres (13.94 ft) Draft1.5 metres (4.92 ft) PropulsionSails, paddles, and 2 × Dongjiong 22k outboard motor (22 PS (21.70 hp) each)[1][2] Sail planTanja sail. 3 sails on 2 vertical masts and 1 bowsprit. Speed9 knots (16.67 km/h)[3] No...

وزير خارجية الجمهورية العربية اليمنية وزير خارجية الجمهورية العربية اليمنيةشعار اليمن عن المنصب مقر الإقامة الرسمي صنعاء المعين رئيس الجمهورية العربية اليمنية تأسيس المنصب 27 سبتمبر 1962 أول حامل للمنصب محسن العيني آخر حامل للمنصب عبد الكريم الإرياني   وزير خارجية الجم�...