Kianit

Kianit (yunoncha: ruapos - toʻq koʻk, havorang), disten (di... va yunoncha: sthenoc — kuch, qudratdan) — kristalli slanetslarga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Al2[SiO4]. Triklin singoniyali, kristali ustunsimon yoki taxtasimon. Aralashmalari Fe (1% gacha), Sg (1,2%), Ti (0,04%). Rangi oqsan toʻq koʻkishyashilgacha. Zangori, koʻk, kulrang ham boʻladi. Koʻmir yoki gil jinslari aralashgan kianit qora boʻladi. Shishadek yaltiroq, qattiqligi turlicha (4,5 dan 7,5 gacha), zichligi 3560–3680 kg/m3. Giltuproqqa boy choʻkindi jinslarning katta bosim zonasida metamorfizlanishidan hosil boʻladi, granitli pegmatitlarda A12O3 ga boy jinslarning assimilyasiyasidan vujudga keladi. Koʻpincha stavrolit, andaluzit bilan birga uchraydi.

Kianit sanoat uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan gil tuprogʻi koʻp xom ashyo hisoblanadi. Undan oʻtga, kislota va ishqorga chidamli pishiq materiallar olinadi. Kianit qazib oluvchi mamlakatlar: AQSH (120 ming t, 1982), Hindiston (45 ming t), Braziliya (10 ming t), Ispaniya (6 ming t), Avstraliya (1 ming t).

Tarkibida rutil, muskovit, turmalin, topaz, korund boʻlgan dunyodagi eng yirik konlar Hindiston (Khammam, Bxandara, Sidxbum va boshqalar)da mavjud[1].

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.