Kashta

Kashta (forscha:  – chizilgan, tortilgan‎) – amaliy bezak sanʼatining keng tarqalgan turi; igna bilan tikib tushirilgan gul, tasvir, naqsh. Kashta qoʻlda (igna, ilmoqli igna, shgaokli bigiz bilan) yoki mashinada, asosan, mato (boʻz, chit, satin, shoyi, baxmal, movut va boshqalar) va charm (etik, mahsi, pichoq qini, kamar, ot jabduklari va boshqalar)ga tikiladi. Kashta mujassamotida oʻsimliksimon naqshlar, handasiy shakllar, fazoviy jismlar, meva va hayvonlarning uslublashtirilgan tasvirlari, baytlar, hamda kishilarning qiyofalari, meʼmoriy obidalarning ifodalari ham tasvirlanadi.

Kashta tikish turli usullarda matoga avvaldan axta (andaza) yordamida tushirilgan gul, tasvir, naqsh asosida, baʼzan matodan iplari sugʻurilib tayyorlangan asosda sanama usulida bajariladi. Bunda jun, ip, ipak (rangli), zigʻir tolali tabiiy va sunʼiy (sintetik) tolalardan, metall (tilla, kumush)dan tayyorlangan iplardan foydalaniladi, shuningdek, dur, nozik, piston, baʼzan qimmatbaho tosh va tangalar keng ishlatiladi. Mato, moʻyna, charmlardan applikatsiya (quroq) tikishda kashtadan foydalaniladi.

Kashta buyumlar (palak, soʻzana, choyshab, gulkoʻrpa, kirpech, dorpech, zardevor va b.), kiyimlar (koʻylak, doʻppi, nimcha, peshonaband, kamar va boshqalar), musta-qil bezak namoyonlarda keng ishlatiladi (yana q. Kashtadoʻzlik, Zardoʻzlik).[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.