Kashnich
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kashnich (Coriandrum) — soyabonguldoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimliklar turkumi, efir moyli va koʻkat-sabzavot ekini. Oʻrta dengiz atroflarida 2 turi, Oʻrta Osiyoda 1 turi — ekma K. (C.sativum) oʻsadi. Yevropa, Shim. Afrika, Osiyo, Shim. Amerika, mamlakatlarida, Ukraina, Rossiyaning markaziy qoratuproq viloyatlarida xoʻjalik maqsadlarida ekiladi. Urugʻidan yetishtiriladi. K. poyasi qirrali, sershox, barglari uzun bandli. Gullari oq yoki pushti; soyabonlarga toʻplangan. Mevasi yumaloq. Bir urugʻi ochilmaydigan ikki mevachadan iborat. Sovuqqa chidamli. Erta bahordan kech kuzgacha ekish mumkin. Nihollari 32— 34 kunda koʻkat sabzavot holida foydalanishga yaroqli boʻladi. Urugʻi 90—95 kunda pishadi. 1000 dona urugʻi vazni 5—8 g . K.ning barglarida kaliy tuzlari, oqsillar, vitamin Vr V2, S, R, provitamin A mavjud. Urugʻida 0,2— 1,4% efir moyi va 16—28% texnik moy bor (parfyumeriya, qandolatchilik, oziqovqat sanoatida ishlatiladi). K. koʻkati shoʻrva, goʻshtli va sabzavotli ovqatlarga, urugʻi va yosh maysalari ziravor sifatida goʻsht sirkalashda ishlatiladi. Souslarga solinganda xushboʻy taʼm beradi. K. asalshirali oʻsimliklar guruhiga kiradi. Urugʻ boʻyicha hosildorligi 8—15 s/ga. Oʻzbekistonda K.ning Yantar ("Qahrabo") navi 1953, Orzu navi 1999, Orom navi 2001 y.dan rayonlashtirilgan.[1]

Manbalar
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.