Karim Adeyemi

Vikipediyada ismi Karim boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Karim Adeyemi
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Karim-David Adeyemi
Tavallud sanasi 2002-yil 18-yanvar (2002-01-18) (24 yosh)
Tavallud joyi Munich, Germaniya
Boʻyi 1.80 m[1]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Borussia Dortmund
Raqami 27
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008-2010 TSV Forstenried
2010-2012 Bayern Munich
2012-2018 SpVgg Unterhaching
2018-2020 Red Bull Salzburg

‡ Milliy terma jamoadagi gollari (11-iyun uchun)

Karim David Adeyemi (olmoncha: Karim David Adeyemi 2002-yil 18-yanvar, Myunxen, Germaniya) — nemis futbolchisi, Dortmundning „Borussiya“ klubi va Germaniya terma jamoasi hujumchisi .

Klubdagi faoliyati

Adami Red Bull Salzburg tarkibida

Adeyemi Germaniyaning Forstenried, Bavariya, Unterxaching va Avstriyaning Red Bull klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun u Red Bullning zaxira klubida oʻynay boshlagan.2020-yil 20-fevral kuni UEFA Yevropa Ligasi pley-off bosqichi doirasida Frankfurt-Maynning " Ayntraxt "iga qarshi o‘yinda Karim asosiy jamoa safida debyut qilgan[2]. 3-iyun kuni poytaxtning " Rapid " klubiga qarshi oʻyinda u Avstriya Bundesligasida debyut qilgan[3]. Oʻsha yilning 1-iyulida " Shturm "ga qarshi oʻyinda Karim Red Bull uchun birinchi golini urgan[4].

2022-yil 10-may kuni Dortmundning „Borussiya“ klubi futbolchi bilan 2027-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladigan 30 million yevroga teng bo‘lgan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan[5].

Terma jamoadagi faoliyati

2019-yilda Germaniya yoshlar terma jamoasi bilan Adeyemi Irlandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Ispaniya[6] va Avstriya[7] jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.

2021-yilda Germaniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Adeyemi Vengriya va Sloveniyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati gʻolibiga aylangan. Turnirda u Daniya[8], Gollandiya[9] va Portugaliya[10] jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2021-yil 5-sentyabr kuni Armaniston terma jamoasiga qarshi JCh-2022 saralash bahsida Adeyemi Germaniyaning asosiy terma jamoasi safida debyut qilgan[11]. Oʻsha oʻyinda Karim terma jamoadagi ilk golini urgan.

Terma jamodagi gollari

# Sana Joy Raqib Hisob Natija Turnir
1. 5-sentyabr 2021-yil "Mersedes-Bens Arena", Shtutgart, Germaniya  Armaniston 6:0 6:0 JCH 2022 saralash. J Guruhi

Shaxsiy hayoti

Karim Germaniyada tugʻilgan. Uning otasi Nigeriyalik va onasi Ruminiyalikdir[12].

Yutuqlar

Red Bull Zalsburg

  • Avstriya chempioni (3): 2019/20, 2020/21, 2021/22
  • Avstriya kubogi sohibi (3): 2019/20, 2020/21, 2021/22

Germaniya (21 yoshgacha)

  • Yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati gʻolibi: 2021-yil

Manbalar

  1. „Karim Adeyemi“. Borussia Dortmund. Qaraldi: 2022-yil 10-iyul.
  2. „Айнтрахт Франкфурт VS. Ред Булл Зальцбург 4:1“ (en). soccerway.com (2020-yil 20-fevral). 2021-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-mart.
  3. „Ред Булл Зальцбург VS. Рапид Вена 2:0“ (en). soccerway.com (2020-yil 3-iyun). 2021-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-dekabr.
  4. „Ред Булл Зальцбург VS. Штурм Грац 5:2“ (en). soccerway.com (2020-yil 1-iyul). 2021-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-dekabr.
  5. „Karim Adeyemi signs until 2027“ (en). bvb.de/eng (2022-yil 10-may). 2022-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-may.
  6. „Испания (до 17) VS. Германия (до 17) 1:0“ (en). soccerway.com (2019-yil 7-may). 2021-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-mart.
  7. „Австрия (до 17) VS. Германия (до 17) 1:3“ (en). soccerway.com (2019-yil 10-may). 2021-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-mart.
  8. „Дания (до 21) VS. Германия (до 21) 2:2“ (en). soccerway.com (2021-yil 31-may). 2021-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-dekabr.
  9. „Нидерланды (до 21) VS. Германия (до 21) 1:2“ (en). soccerway.com (2021-yil 3-iyun). 2021-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-dekabr.
  10. „Германия (до 21) VS. Португалия (до 21) 1:0“ (en). soccerway.com (2021-yil 6-iyun). 2021-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-dekabr.
  11. „Германия VS. Армения 6:0“ (en). Soccerway.com (2021-yil 5-sentyabr). 2021-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-sentyabr.
  12. Thomas Hummel. „Wie ein Talent aus Unterhaching zum Millionengeschäft wurde“ (German). Süddeutsche Zeitung (2018-yil 31-oktyabr). 2019-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-noyabr.

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.