Karate

Karate — jangari sport turi. Vatani Yaponiya. Karate soʻzining maʼnosi „boʻsh qoʻllar“ hisoblanadi. Karate sport turini yaponiyalik Gichin Funakoshi yaratgan.

Karate (yaponcha — hech narsasiz qoʻl bilan) — qurolsiz oʻzini-oʻzi himoya qilish, inson tanasining nozik joylariga qoʻl yoki oyoq bilan zarbalar berishga asoslangan sport kurashining bir turi. Karatening hozirgi qoidalari XX asrning boshlarida yaponcha jiujitsu yakkakurashini takomillashtirish asosida shakllangan. Uning dastlabki usul va qoidalarini Gichin Funakoshi (1869— 1957, Yaponiya) ishlab chiqqan. Karatechilar 8×8 m tatamida yakkama-yakka yoki jamoa boʻlib musobaqalashadi, bajarilgan zarba usullariga qoʻyilgan baholarga qarab gʻoliblar aniqlanadi. Xalqaro Karate federatsiyasi (WUKO)ra 1968-yilda asos solingan. U 157 milliy federatsiyani birlashtiradi (2002), Oʻzbekiston milliy Karate federatsiyasi unga 1996-yil kirgan. 1970-yildan jahon chempionatlari oʻtkazib kelinadi (har 2-yilda). Karate Osiyo, Lotin Amerikasi mamlakatlari, AQSH, Ispaniya, Fransiya va boshqa davlatlarda taraqqiy etgan. Oʻzbekistonda Karate XX asrning 80-yillaridan ommalasha boshladi. 1995-yilda respublika Karatechilari bitta federatsiyaga birlashdi (Karateda 4 ta yoʻnalishda musobaqalar uyushtiriladi). Federatsiyaning barcha viloyatlarda boʻlimlari bor. Oʻzbekistonda 60 mingdan koʻproq kishi Karate bilan shugʻullanadi, 40 dan ziyod Karate klublari roʻyxatdan oʻtgan (2002). Nurxon Nafasov, Alisher Sodikrv, Mixail Golovanov kabi tajribali murabbiylar qoʻl ostida shugʻullangan Ilhom Karimov, Otabek Qosimov, Sofiya Kaspoʻlatova, Doniyor Xolmatov, Azamat Ali Qalandarov singari Karatechilar jahon kubogi va Osiyo chempionatlarida sovrinli oʻrinlarni egallashgan.[1] shotokan karate ni ozbekistonga Zarip Boltaev olib kelgan,va federatsiyaga asos solgan.

Havolalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.