Kalahari
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kalahari — Janubiy Afrikaning markaziy qismidagi chala choʻlli tabiiy oʻlka. Botsvana, JAR, Namibiya, Zambiya, Zimbabve, Angola hududida. Uzunligi 2000 km chamasida, kengligi 1200 km dan ziyod. Maydoni - 630 ming km2. Plato va yassitogʻlar bilan oʻralgan eol relyef shakliga ega botiqdan iborat. Shimolida Kongo-Zambezi suvayirgʻichi, janubida Oranj daryosi vodiysi bilan chegaralanadi. Yer yuzasi bir oz past-baland, koʻp qismi qum bilan qoplangan boʻlib, bal. 900–1000 m. Iqlimi tropik va subekvatorial iqlim, oʻrtacha temperaturasi yozda 24—26°, qishda 12—18°. Yiliga 150 mm dan 1000 mm gacha yogʻin yogʻadi (eng koʻp yogʻin dekabr—fevral oylariga toʻgʻri keladi). Daryo kam. Shoʻr suvli sayoz koʻl va botqoqlik koʻp. Tuprogʻi jigarrang-qizil, laterit, qizil-qoʻngʻir tuproq. Oʻsimlik dunyosi — shimolida savannalardan, janubida choʻl va chala choʻl oʻsimliklaridan iborat. Katta qismida oʻsimlik umuman oʻsmaydi. Hayvonot dunyosi Efiopiya oblastining Afrika kichik oblastiga mansub. Aholining asosiy qismi ovchilik va chorvachilik bilan shugʻullanadi. K.ning jan. qismida tovar mahsulot beruvchi chorvachilik rivojlangan, ayrim yerlarda dehqonchilik qilinadi. Kalaxari hududida Etosha-Pan milliy parki tashkil etilgan[1].
Manbalar
| Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.