Kagor

Kagor (Fransiyaning Kagor sh. nomi-dan) — qizil rangli uzum navlari (Kaberne-Sovinon, Kaxeti, Saperavi, Takveri, Morastel va b.) dan tayyorlanadigan desert vino turi. K. quyuq toʻq qizil rangi bilan ajralib turadi. Tarkibida 16—17% spirt, 16—25 g/sm3 kand bor. K. turidagi vinolar texnologiyasining muhim xususiyati: shirasi 20% dan kam boʻlmagan uzum gʻujumlari eziladi va sharbat turpi bilan birga 55— 75° ga qadar qizdiriladi (baʼzan gʻujumlar qaynab turgan suvga 2—3 min botirib olinadi, soʻngra eziladi). Bu usul vinoga oʻziga xos taʼm beradi va boʻyoq, fenol va b. ekstraktiv moddalarning sharbatga oʻtishini taʼminlaydi. Soʻngra 1,5—2 soat davomida tindiriladi, bu jarayonda sharbat bot-bot aralashtirib turiladi, soʻngra 25° gacha sovitilib 2—3% sof drojji undirmasi qoʻshiladi. Qand boʻyicha (kamida 2 g/100 sm3) yetarli konditsiyaga qadar achigandan keyin sharbat ajratib olinadi, turpi 2 marta presslanib sharbati ajratiladi. Ularga spirt qoʻshiladi va olingan vino materiallar bochka yoki butlarda 3 yil saqlab yetiltiriladi, soʻngra shishalarga quyiladi (yana q. Vino, Vino-arak, sanoati).[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.