Kadan

Kadan, Oʻzbekiston Respublikasi, Samarqand viloyatidagi Kattaqoʻrgʻon tumanining markazi hisoblanadi. Mustaqillik yillaridan soʻng Alisher Navoiy jamoa xoʻjaligi, soʻng Durbesh QFY (qishloq fuqarolar yigʻini) tasarrufidagi qishloq boʻlgan. Hozir Kadan MFY (mahalla fuqarolar yigʻini)ga qarashli tumanda 2-qoʻrgʻon hisoblanadi.

Kadan soʻzining maʼnosi — „somonxona“ deyiladi ayrim manbaalarda. Chunki Buyuk ipak yoʻlida joylashgan tumanga qarashli boʻlganligi uchun savdogarlar oʻzining ot va tuyalarini shu yerdan oziqlantirib, somon gʻamlab ortib ketishgan. Chegaradosh Mahalla va qishloqlari — Yangiravot (Tepaqoʻrgʻon), Mullakoʻrpa (Chim, Tallimaron, Mullakoʻrpa), Mundiyon (Saroy) va Payshanba shaharchasi hisoblanadi. Hozir Kadan hududida tumanning Davlat Soliq inspeksiyasi, Majburiy ijro byurosi, Mahallabay ishlash markazi, Bandlikga koʻmaklashish markazi, Suv xoʻjaligi, Yoʻl patrul xizmati, Jinoiy va maʼmuriy sudi, Yongʻinga qarshi kurashish boʻlimi, Davlat xizmatlari markazi, Tibbiyot birlashmasi hamda Kattaqo'rg'on tuman hokimligi mavjud. Aholi soni 4500 ga yaqin (01.01.2021 holatiga). Mahalla oqsoqoli: Shernazarov Shukurullo Abdullayevich. Sektor (2) rahbari: O'sarov Sherod Pirmatboyevich. Tuman hokimi v.b.: Nasriddinov Jamshid. 1994 yillargacha tuman hokimligi va uning tasarufidagi tashkilotlar Durbesh QFYga qarashli boʻlgan. Hozir Kattaqo'rg'on tuman 1-son kasb hunar maktabi (eski Kadan qishloq xo'jalik kasb hunar kolleji) haydovchilik majmuasi o'rnidan aholi qatlami uchun ko'p qavatli uy-joy qurilish ishlari boshlangan. Kadan MFY hudida 2 ta maktab (15, 98), 2ta bolalar bog'chasi (10, 49 va qisman 21), 1-son kasb kasb-hunar kaktabi faoliyat olib bormoqda.

Manbalar

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.