Jordon Ibe
|
Ibe 2014-yil Liverpool jamoasi mashgʻulotlarida | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Jordon Ashley Femi Ibe[1] | ||
| Tavallud sanasi | 1995-yil 8-dekabr[2] | ||
| Tavallud joyi | Bermondsey, Angliya | ||
| Boʻyi | 5 fut 9 inches (1.76 m)[3] | ||
| Ampluasi | Vinger | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Hungerford Town | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2003–2007 | Charlton Athletic | ||
| 2007–2011 | Wycombe Wanderers | ||
Jordan Ashley Femi Ibe (/ˈaɪb/ EYEB deb ham ataladi. 1995-yil 8-dekabrda tugʻilgan) Angliya Milliy ligasidagi Ebbsfleet United klubida toʻp surgan angliyalik professional qanot futbolchi boʻlgan. Ibe 15 yoshda Futbol ligasidagi Wycombe Wanderers yoshlar koʻrik tanlovidan oʻtganidan soʻng, Ibe 2012-yilda Liverpul futbol klubiga kelib qoʻshilgan. U 2013-yil shuningdek, 2014-yillarda Chempionatdagi Birmingham Sitida, 2014 va 2015-yillarda esa Derby County klublarida ijara asosida toʻp surgan. 2016-yilda Ibe Premer-ligadagi AFC Bournemouthda oʻsha paytdagi klub rekordi boʻlgan 15 million funt evaziga shartnoma tuzgan va 2020-yilda klubni tark etgan. U 2020 – 2021-yilgi mavsumlarni Derby County klubida oʻtkazgan, lekin kam oʻyin oʻtkaqzgani sababli, 2022-yil yanvar oyida Adanaspor klubida toʻp sura boshlagan. 2023-yil oktyabr oyida, yaʼni oradan bir yil oʻtgach, Ibe Milliy ligadagi klub Ebbsfleet United safiga qoʻshildi. 18 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan Angliya yoshlari bilan Jahon Chempionatda ishtirok etgan. 2011-yil 20-dekabr kuni Premier liga klubi Liverpul 16 yoshli Ibe bilan shartnoma imzoladi[4]. Ibe birinchi marta klubning 18 yoshgacha boʻlgan jamoasida toʻp sura boshladi[5]. Ibe 2013-yil 16-mart kuni toʻliq oʻyin amaliyot vadasi bilan Sautempton klubiga chaqirilgan, ammo yetarli oʻyin amaliyotiga ega boʻlmagan[6]. Ikki oydan soʻng Ibe Premier Leaguedgi soʻnggi oʻyinida oʻz debyutini qildi. Shunda Ibe Queens Park Rangers ga qarshi oʻyinda Filipp Koutinhoga oʻyinning yagona golini urish uchun vaziyat yaratib berdi. U 63-daqiqada jamoadoshi Fabio Borini bilan almashtirildi[7][8].

2013-14 yilgi mavsum uchun, Ibe Jonjo Shelvey tomonidan boʻshatilgan 33 raqamida harakat qildi[9]. Ibe mavsumning birinchi turini 27 avgust kuni oʻynagan boʻlib, Notts County klubini 4-2 bilan magʻlub qilgan[10]. 2014-yil 8-fevral kuni Ibe Premier Leaguedagi ikkinchi oʻyinini oʻynagan. U 76 daqiqa maydonda harakat qilib, uning jamoasi Arsenal klubi ustidan 5-1 gʻalaba qozongan[11][2]. 2014-yilning 21-fevralida Ibe Chempionship klub Birmingham Sitiga mavsum oxirigacha ijaraga berilgan. Ibe 11 ta oʻyinda maydonga tushib, „Millwalll“ stadionida 3:2 hisobidagi gʻalabada 20 yard (18 m) masofadan birinchi golni urgan va mavsumning soʻnggi kunida Pol Kaddisning golida ishtirok etgan, shu sababli uning jamoasi 2:2 hisobidagi durrangga erishdi. 2012-yil 24-oktabrda Ibe 18 yoshdan kichik yoshdagilar milliy jamoasida debyut oʻyinini oʻttkazdi. Italiyaga qarshi 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda Ibe 69 daqiqa oʻynadi[12]. 2013-yil 5-sentabr kuni Ibe Estoniyaga qarshi 6-1 hisobida kechgan gʻalabali oʻyinda Angliyalik 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar orasidaga eng yaxshi futbolchi deb topildi[13]. Ibening jamoasi 2014-yilgi Yevropa Chempionatida Montenegro 19 yoshlilariga qarshi 6-0 gʻalaba qozonib, Ibe uchta gol urib hat-trickka erishdi[14]. 2014-15 mavsumida Ibe birinchi marta 20 yoshdan kichikroq boʻlgan Angliya jamoasiga oʻynagan va Ruminiya qarshi 6-0 gʻalaba qozongan oʻyinda 90 daqiqa maydonda toʻp surgan[15].
2015-yil avgust oyida Ibe birinchi marta 21 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoaga chaqirildi[16]. Liverpulning sobiq murabbiyi Brendan Rodgers Ibeni „aqlli futbol uslubiga ega boʻlgan yorqin futbolchi“ deb taʼriflagan. Ibe qanotda, himoyada yoki hujumda oʻynaydigan futbolchi sifatida maydonda toʻp sura olgan[17]. Derby Countyda ijarada oʻynab yurgan davrlarda, Ibeni boshqargan Steve McClaren „oʻzini top qanot futbolchi sifatida tutadigan yorqin futbolchi“ ekanligini tan olgan[18]. Ibe maydonda hayratomus ishlarga qodir ekanligi shu bilan birga, oʻzining aqlbovar qilmas driblinglari bilan ajralib turgan[19]. 2019-yil dekabr oyida Ibe Bromley kafexonasidan Bentley Bentayga mashinasi bilan joʻnab ketgandan keyin, bir insonni urib yuborishiga sal qolganlikda shuningdek, mashinani ehtiyotsizlik bilan haydashda ayblangan[20]. 2021-yil yanvar oyida Ibe depressiyadan aziyat chekayotganini va oʻzini „qorongʻu joyda“ his qilayotganlini ommaga eʼlon qilgan[21].
Manbalar
- ↑ „List of Players under Written Contract Registered Between 01/07/2012 and 31/07/2012“ (PDF). The Football Association. 2016-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 24-iyul.
- ↑ 2,0 2,1 „Player profile: Jordon Ibe“. LFCHistory.net. Qaraldi: 2016-yil 3-iyul.
- ↑ „Jordon Ibe: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2018-yil 10-fevral.
- ↑ OʻRourke, Peter. „Liverpool land Ibe deal“. Sky Sports (2011-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 3-iyul.
- ↑ „First team: Player: Jordon Ibe“. Liverpool F.C.. 2016-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-iyul.
- ↑ „Liverpool FC teenager Jordon Ibe forced to pinch himself after meteoric rise“. Liverpool Echo (2013-yil 11-aprel). Qaraldi: 2016-yil 3-iyul.
- ↑ Hunter, Andy. „Liverpool give Jamie Carragher perfect ending with win over QPR“. The Guardian (2013-yil 19-mart). Qaraldi: 2016-yil 3-iyul.
- ↑ „Games played by Jordon Ibe in 2012/2013“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2015-yil 17-sentyabr.
- ↑ „LFC confirms Premier League squad numbers“. Liverpool F.C. (2013-yil 16-avgust). 2013-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-iyul.
- ↑ „Liverpool 4–2 Notts County“. BBC Sport (2013-yil 27-avgust). Qaraldi: 2016-yil 3-iyul.
- ↑ McNulty, Phil. „Liverpool 5–1 Arsenal“. BBC Sport (2014-yil 8-fevral). Qaraldi: 2016-yil 3-iyul.
- ↑ Veevers. „Lions victorious in Mansfield“. The Football Association (2012-yil 24-oktyabr). 2013-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Six appeal for U19s“. The Football Association. 2013-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Under-19 2014 England 6–0 Montenegro“. UEFA (2014-yil 24-may). 2014-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-may.
- ↑ „Boothroyd's boys hit Romania for six in Telford“. The Football Association (2014-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 3-iyul.
- ↑ Ganly, Kerry. „Derby County: Ex Rams loan star Jordon Ibe called up to England U21s after impressing at Liverpool“. Derby Evening Telegraph (2015-yil 25-avgust). 2015-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-iyul.
- ↑ Pearce, James. „Emre Can will remain in defence despite Lucas being out for up to six weeks, says Rodgers“. Liverpool Echo (2015-yil 9-fevral). Qaraldi: 2016-yil 3-iyul.
- ↑ Rich, Tim. „Jordon Ibe profile: Why electric Ibe is taking to the Liverpool limelight with ease“. The Independent (2015-yil 11-fevral). 2022-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-iyul.
- ↑ Hunter, Andy. „Liverpool's Jordon Ibe has pace, power and 'football brain' to succeed“. The Guardian (2016-yil 12-fevral). Qaraldi: 2016-yil 3-iyul.
- ↑ „Premier League footballer Jordon Ibe accused over Bentley crash“. BBC News (2019-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 14-dekabr.
- ↑ „Jordon Ibe: Derby winger in 'dark place' with depression“. BBC Sport (2021-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 1-iyul.
Havolalar
| Vikiomborda „Jordon Ibe“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
- Jordon Ibe Premyer-liga saytida
- Jordon Ibe – UEFA musoboqalardagi natijalari (arxivlangan)
- Profile Liverpool F.C. saytida
| Angliyalik futbolchi haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.
